22:20 / 05.02.2018
10 306

Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kun qo‘y burjida tug‘ilganlar uchun juda yoqimli kechadi va shunday yoqimli lahzalarga boy bo‘ladi. Shubhasiz, bugungi kuningiz uzoq yillar yodingizda qoladi. Tez-tez janjallashib turadigan odamlar bilan 6 fevral kuni yarashishingiz kutiladi. Rahbarlar ish yuzasidan chorlashi mumkin. Agar bir nechta yangi g‘oyalarni o‘ylab topsangiz, tashrifingiz quruq bo‘lmasdi. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli bor. Tadbirkorlarning bugun tuzadigan foydali shartnomalari haqiqatan foydali bo‘lib chiqadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 fevralda qaltis va chigal vaziyatlarni o‘zingiz mustaqil tarzda uddalay olasiz. Shu sababli o‘zgalarni yordamga chorlashning sira hojati yo‘q. Shu bahonada yaqin kelajak rejalaringizni ham puxtalab olasiz. Adolat qaror topmagan joyda uni o‘rnatishga urinmang. Oilasiz bo‘lsangiz, o‘zingizga anchadan beri yoqib kelayotgan inson bilan ochiqchasiga gaplashib oling. Hamkasblar bilan aslo janjallashmang. O‘zingiz aybdor bo‘lib qolasiz. Salomatlikni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun o‘zingiz uchun eng aziz va qadri baland insonlarni qayta yodga oling. Agar ularning qaysidir biridan anchadan beri xabar olmagan bo‘lsangiz, qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishingiz tavsiya etiladi. Shamollash yoki shunga o‘xshash xastalikni davolashda to‘g‘ri yo‘l tuta olsangiz, albatta g‘olib bo‘lasiz. Faqat bu masalada tabiblarga murojaat etishning sira hojati yo‘q. Asabiylashishdan nariroq bo‘ling. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotingizni qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 fevral qisqichbaqa burji ostida tavallud topganlar uchun kutilganidan ham a’loroq kechadi. Tushga yaqin o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Moliyaviy masalada ham omadingiz kuladi. Shunday ekan, qizlar, ayollar go‘zallik saloniga chopishlari, u yerdan chiqib do‘konga yo‘l olishingiz mumkin. Ayrimlar ishxonasida hamkasblardan biri bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirish istagida bo‘ladi. Lekin bu harakatlar faqat ko‘ngilsizlik bilangina tugashi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kunning birinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishi kutilmoqda. Shubhasiz, bu kayfiyatingizni ko‘tarib yuboradi. Asosiy ishlarni kunning ikkinchi yarmiga qoldiring. Kunning birinchi qismida esa faqat moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish harakatida bo‘ling. Biznes bilan shug‘ullanadiganlarning ham kuni tug‘adi. Obro‘li, yuqori lavozimli shaxslarga qilingan birgina qo‘ng‘iroq daromad manbaini o‘zidan ko‘paytirishi mumkin. Kechqurun sportzalda sportning faol turlari bilan shug‘ullaning.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 fevral kuni ertalab ishlaringiz baroridan keladi. Yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatiladi. Boshlangan ish yakuniga yetkaziladi. Safarga chiqish, uy yoki mashina ta’miri, xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Muhim hujjatlarga imzo chekishni boshqa kun uchun qoldirganingiz ma’qul. Aldov va firibning isi chiqib qolishi mumkin. Kechqurun oilasizlar muhabbat bobida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishlari ehtimoli bor. Toza havoda sayr qilishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutilmoqda. Afsuski, bu muammoni bir necha soatda bartaraf etib bo‘lmaydi. Ustiga-ustak kimlardir qachonlardir sizdan qarz olgan-u, bermay yurgan bo‘lsa, bugun ularning yoqasidan olish fursati yetdi. Qo‘shimcha daromadli ish qidirsangiz ham ziyon qilmaysiz. Do‘stlar, yaqinlaringiz bilan munosabatlarda muloyim bo‘ling. Aks holda orangizda yo‘q joydan janjal chiqishi turgan gap.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
6 fevralda taqdir in’om etgan har bir ezgulikdan unumli foydalanishingiz tavsiya etiladi. Yangi ish boshlab, eskilarini unutgandingiz. O‘sha qolib ketgan yumushlarni ham kun davomida oxiriga yetkazib qo‘yavering, ziyon ko‘rmaysiz. Yo‘qsa, rahbarlaringiz sizni mukofotdan ham mahrum etishlari hech gap emas. Tadbirkorlar bugun xorij safariga jo‘nashlari, uyoqlarda yangi hamkorlar topishlari, ular bilan foydali shartnomalar imzolashlari kutilmoqda. Ishoning, bularning barchasi muvaffaqiyatli kechadi. Asablarni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishlaringizda bir dunyo chalkashlik hukm suradi. Baxtga qarshi ularni bartaraf etishning imkoni yo‘q, kech bo‘lgan. Shaxsiy hayotingizda ham xuddi shunday chalkashliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Lekin ularni tez fursatda hal etasiz. Xaridlar ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan darajada ko‘p bo‘lishi mumkin. Agar mag‘rurlikni, shoshma-shosharlikni picha nari surmasangiz, moliyaviy ahvolingiz ayanchli tusda qolib ketishi turgan gap. Hasadgo‘ylardan, ikkiyuzlamachilardan qoching.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
6 fevralda har bir sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqeani yurakka yaqin olavermang. Agar arzimas narsadan fojia yasayversangiz, asab tizimingiz izdan chiqadi. Bekorga qo‘shimcha kasal orttirib olasiz. Ko‘pchilik ertalabdan kechgacha uy yumushlarini, ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etish bilan ovora bo‘ladi. Ayrimlar esa bugundanoq mehnat ta’tiliga chiqishlari mumkin. Qayerda va qanday dam olish rejasini puxtalayvering.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun emotsiyangizni shu qadar mahkam jilovlangki, yetagingizdan bir millimetr ham tashqariga chiqa olmasin. Bo‘lmasa, kimlar bilandir janjallashishingizga to‘g‘ri kelishi hech gap emas. Xudo ko‘rsatmasin, yaqinlaringiz bilan sen-menga borsangiz, kayfiyatingiz, salomatligingiz xavf ostida qolib ketishi mumkin. Biznes va sport bilan muntazam shug‘ullanadiganlar muvaffaqiyatlar qurshovida qolishadi. Kechqurun ovqatlanish me’yorlariga qat’iy amal qilishingizga to‘g‘ri keladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 fevral kuni shaxsiy hayotda ham, ishda ham faqat qalbingizga quloq tutgan holda harakatlar sodir eting. Ishxonangizdagi vaziyat siz xohlaganchalik kechmasligi mumkin. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar muvaffaqiyat qozonishadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, daromadlaringiz tobida bo‘lishini unutmang. Ba’zilarni kun davomida bosh va oyoq og‘rig‘i, qon bosimining tushib ketishi bezovta qilishi kutiladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?