07:27 / 10.07.2018
4 493

Munajjimlar bashorati: 10 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Kelgusida bajarish uchun biror ishni tashlab qo‘ygan bo‘lsangiz, bugundan qoldirmay uni ado eting. Muvaffaqiyatga erishish uchun sizda barcha narsalar muhayyo bo‘ladi. Bu ish joyingizdagi mavqeingiz oshishida ham muhim rol o‘ynaydi. Qarindoshlar, farzandlar bilan tillashish va tabiat qo‘ynida dam olib qaytish uchun bugungi kun juda xayrli, qulay kechadi. Tadbirkorlar yangi shartnomalarni imzolash va foydali kelishuv amallarini eng yuqori professional darajada o‘tkazishadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

10 iyul kuni ishxonangizda yumushlar shu qadar ko‘payib ketadiki, oilangizdagilar bilan qo‘ng‘iroqlashishga vaqtingiz yetmasligi mumkin. Ayrimlarning yaqinlari bundan fojia yasamasalar bo‘lardi. Chunki qondoshingiz o‘ynash uchun emas, ishlab pul topish uchun ko‘chaga chiqqan. Ish qanchalar ko‘p bo‘lmasin, baribir ora-sirada dam olish uchun ham vaqt ajrating. Salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan amallar, cho‘milish, quyosh tig‘ida toblanish kabilar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Haqiqatan bularning barchasi salomatligingizni mustahkamlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun ertalabdan yangi bilimlarni egallashga, kasbingizning hali o‘zingizga ma’lum bo‘lmagan sirlarini o‘rganishga intiling. Kun davomida sizni suyganingiz bilan bog‘liq xunuk xayollar ta’qib eta borishi mumkin. Vaziyatlar, kimlarningdir oldi-qochdi gaplari emas, qalbingizga ishoning. Kechqurun yaqin insoningizni yoningizga olib turli ko‘ngilochar maskanlarga tashrif buyuring. Chalg‘iysiz, dam olasiz, yengil tortasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

10 iyul kuni o‘zingiz bilan bir jamoada ishlaydigan hamkasblarning juz’iy kamchiliklarini payqasangiz, e’tibor bermaslikka harakat qiling. Bu ishingizni birinchidan, xudo ham xushlamaydi, ikkinchidan orangizga sovuqchilik tushishi mumkin, uchinchidan asablaringizga putur yetadi. Juftingizga amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarni va’da qilmang. Oilaviy hayotingizda uchrab turadigan arzimas muammolarni ham yo‘l-yo‘lakay ijobiy hal eta boring. Omadingizni bersin! Kechqurun salomatligingizni ko‘rikdan o‘tkazib olsangiz ham zarar qilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Hamkasblar bilan ishxonada muloyim munosabatda bo‘ling. Ular tutayotgan ishdan ko‘nglingiz to‘lmasa-da, bildirmang. Sukut saqlashga harakat qiling. Garchi azaldan qimmatbaho buyum sotib olishni orzulagan bo‘lsangiz-da, pulni tartibsizlarcha sarflashdan tiyiling. Iqtisod qilmasangiz bo‘lmaydi. Moliyaviy ahvolingiz yomonlashib qolishi mumkin. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv va fayzli lahzalar kutib turadi. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlaganini sezib qolsangiz, albatta vrach ko‘rigiga boring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

10 iyul kuni aqlga emas, aksincha qalbingizga quloq tuting. Intellektni ish joyingizda ishga soling. Shunda to‘g‘riroq bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda esa qalbingizdan yaqin va ishonchli do‘st topa olmaysiz. Salomatlikka zarar keltiruvchi ichkilik, chekimlik va shu kabi barcha zararli odatlardan voz keching. Yog‘li taomlarni umuman iste’mol qilmang. Undan ko‘ra sportga e’tibor qarating. Sog‘liq ko‘tarsa, uni yanada mustahkamlashda sport juda asqotadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun yaqin insonlarga nisbatan yanada yaqinroq bo‘lishga harakat qiling. Qanchalar ish bilan band bo‘lsangiz ham baribir ular uchun bir daqiqa vaqt ajratsangiz, bundan yaxshisi bo‘lmaydi. Ro‘zg‘oringizda ham muammolar taxlanib qolganini yodga oling. Qolaversa, bugun moliyaviy muammolar ham siz istagandek ijobiy hal bo‘la qolmasligi mumkin. Buning ham tadorigini ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun do‘stlar bilan birga vaqt o‘tkazing.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

10 iyul kuni ishxonadagi eng murakkab vazifalarni bajarish sizning chekingizga tushishi kutiladi. Rahbarlar zimmangizga yangi loyiha yuklab qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun safar, kelishuvlar, shartnomalarni imzolash kabi amallarni bajarishingiz kerak bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, bugun kredit rasmiylashtirsangiz ham bo‘ladi. Bugun bankdan kredit olish amali kelajakda sizga omad baxsh etishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan kechadigan munosabatlaringiz eng yuqori bosqichda bo‘ladi. Erkakmisiz, ayolmisiz, farqi yo‘q, bugun sizni izhorlar va takliflarga ko‘mib tashlashlari mumkin. O‘zingizga eng ma’qulini tanlash imkoniyatiga egasiz. Ijod kishilarining ham omadi keladi. Siz mashhurlikda yettinchi osmondan ham balandroqlarda parvoz qilasiz inshoolloh. Bugun kechqurun zahiradagi pullardan foydalanib turishga majbursiz. Moddiy ahvolingizni yaxshilash amali u qadar ijobiy hal bo‘ladigan emas.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

10 iyul kuni beixtiyor adolatsizlik girdobida qolishingiz ehtimoli bor. Agar duch kelgan bilan tanishib ketavermasangiz, og‘zingizga kelgan gapni gapirib yuboravermasangiz, bu ko‘ngilsizlik sizni albatta chetlab o‘tadi. Muhabbatda ikki front bo‘ylab jang qilishdan tiyiling. Aks holda haqiqiy muhabbatingizdan bir umrga judo bo‘lasiz. Oilalilarning ba’zilari bugun kechqurun yangi mehmon kutishlari mumkin. Xonadoningizda chaqaloq yig‘isi jaranglaydigan bo‘lib turibdi, bardam bo‘ling! Moliyaviy ahvolingiz ham bugun yaxshidan-da yaxshi bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bo‘lmag‘ur, nafi kam xayollar, ishlardan yuz buring. Vaqtingizni behuda sarflaganingiz qoladi. Undan ko‘ra, foyda keltiradigan amallar sari intiling. Kimlar bilandir qachonlardir janjallashgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun qulay fursat tug‘iladi. Kechqurun mavqeingiz hamda yangi serdaromad ish bilan bog‘liq yoqimli xabar eshitishingiz mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, yozning jaziramasida ko‘p yurmang va dorilarni o‘z vaqtida ichishga harakat qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

10 iyulda baliq burjida tavallud topganlarning ko‘pchiligi bilib-bilmay jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Bu ishda ham, shaxsiy hayotda ham yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlar bugun kun davomida bo‘lg‘usi jufti bilan iliq munosabatda bo‘lishadi. Demak, muhabbat izhorlariga keng yo‘l ochib, to‘y taraddudi ko‘rilaversa ham bo‘ladi. Ayniqsa, yoz oylari to‘ylar uchun juda mos keladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?