11:18 / 17.07.2018
4 681

Inson qadri

Inson qadri
Erta tongda eshik kung‘irog‘i bosildi. Ochsam ro‘paramdagi yangi qo‘shnimiz Bayram aka ekan. Tabassum va hijolatli bir ko‘rinishda: “Xonim afandi xayrli kun, yaxshimisiz, aybga buyurmang, sizni bezovta qildim, bog‘chamizni tozaladim, shu chiqindini olib chiqib tashlay olasizlarmi? Agar zaxmat bo‘lmasa“

Bog‘chamiz yana ham chiroyli bulardi... dedi.

- Albatta, rahmat dedim, xijolat ham bo‘ldim...

Bog‘cha shu qo‘shnimiz bilan o‘rtada edi.

Katta o‘g‘limning o‘qishi masalasida kelib, vaqtincha bo‘lsa-da, shu yerda 1-qavatdan ijaraga uy tutdik. Safar charchog‘i va joylashishdagi ba’zi ovoragarchilik sabab bog‘chani tozalashga qunt qilolmayotgandim aslida...

Qo‘shnim chiqib:

- “Hoy xotin, yangi kelibsan chiq qaramaysanmi? bog‘changni, hududingni tozalab quy“ desa ham bo‘lardi, “Ey kelgindi tozalamaysanmi“?desa ham bo‘lardi, yoki indamasa,yoki qo‘shnilarga shikoyat qilsa ham bo‘lardi, baqirsa, zarda qilsa...

Ammo u bunday qilmadi,avvalo insonlikni, go‘zal muomalada, ayolga hurmat ehtiromning bir namunasini ko‘rsatdi. Men “Erkakman“ deb bilagidagi kuchini pesh qilmadi...

Ayolni ahmoq sanaydigan, kamsitishdan zavqlanadigan “Aqllilar“dan emas shekilli...

Shu zahotiyoq bog‘chani yig‘ishtirishga chiqdim.

Ichimda o‘zimni koyirdim.

“Birov aytguncha qilmaysanmi?“ deb.

Qarasam bog‘chani tozalab, biz tarafga ham tuvakdagi chiroyli, rang-barang ochilgan gullaridan qo‘yibdi. Faqat chiqindilarni olib tashlash qolibdi. Derazadan qaraganimizda ko‘zlarimizga go‘zallikni ilinibdi, qo‘shnichilik degan Omonatni his qilibdi. Yaxshi kayfiyat bergisi kelibdi.

Yo tavba...

Naqadar dag‘allashgan ekanman... Naqadar... Avtomashina boshqaruvida ko‘chadagi sabrsizliklarga, tarang asablar bilan uyulgan qovoqlarga, qo‘polliklarga, dashnomlarga shunchalar ko‘nikibmanki, oddiy insoniy lutf qarshisida hayratda qolib o‘tiribman.

Oradan besh daqiqa o‘tmay, yana eshik jiringladi. Yon qo‘shnim yolg‘iz yashaydigan Pinar xonim ko‘zlari porlab: “Xayrli tong go‘zalim, bolalaring bilan kirgin nonushta hozirladim, birgalikda qilaylik lutfan“ deb turibdi.

- Assalomu alaykum. Xayrli tong xonim, katta rahmat, minnatdorman, ho‘p.

Eshikni yopdim, tomog‘imga nimadir tiqildi. Shu qadar alam bilan yig‘ladimki...

Bu alam ichida yaqindagina Istanbuldek joyda ham “savob uchun“ deya kichik xizmati evaziga meni aldab, 600 dollarimni olib “uxlatgan“ millatdoshim, “do‘stim“ning “sharofati“ ham bor edi...

(Ushbu voqeliklar orqali millatlararo muhokama fikridan mutlaqo yiroqman!!!)
Istanbul, 2018
Noila XOLMATOVA

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson qadri