00:32 / 27.07.2018
5 977

Munajjimlar bashorati: 27 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 27 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Pul va manfaat taqdim etishi mumkin bo‘lgan ish va vaziyatlardan sira yuz o‘girmang, keyin armon qilib yurasiz. Bugun pul masalasida o‘ta faol bo‘lishga haqlisiz. Sababi, moddiy ahvolingiz sal zaifroq tuyulyapti. Muhabbatda to‘fon ko‘tarmang. U sokinlik va xotirjamlikni xohlaydi. Aks holda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizni qattiq ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Kechqurun suyganingizga kutilmagan sovg‘a hozirlasangiz ham zarar bo‘lmasdi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

27 iyul kuni ideallik sari shu qadar berilib talpinasizki, o‘zingizni o‘zingiz tanimas darajaga yetasiz. Ishxonada esa hamkasblardan tortib rahbarlargacha tanqid ostiga olishingiz kutiladi. Pastroq tushing. Bu dunyoda hamma narsa nisbiy ekanini unutmang. Bugun sizga faqat xotirjamlik va shirinsuxanlikkina yordam bera oladi. Moliyaviy ahvolingiz bugun ko‘ngildagidek kechadi. Ba’zilar anchadan beri qimmatbaho telefon sotib olishni orzulagan bo‘lsa, o‘sha fursat keldi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Gap mavqeni oshirish haqida ketganda, birdan yuqori cho‘qqilarni ko‘zlab qo‘ymang. Ishni puxta reja asosida, sokinlikda amalga oshiring. Shunda g‘alaba sizniki bo‘ladi. Azartli o‘yinlar, tavakkalchilik talab qiladigan harakatlardan voz keching. Bu nafaqat kissangizni quritadi, jamiyatdagi obro‘yingizga ham putur yetkazadi. Muhabbatda oila qurmaganlarning omadi chopadi. Tez unga qo‘ng‘iroq qilib romantik uchrashuv taklif etavering. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

27 iyulda shaxsiy hayotda u qadar ichkarilab ketmang. Umr yo‘ldoshingizning istak va xohishlari bilan ham hisoblashing. Bugun birinchi navbatda jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning. Xastalik orttirib olishingiz xavfi bor. Kunning ikkinchi yarmini ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlarni biryoqli qilishga bag‘ishlasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Ayollar uchun bugun kechqurun do‘kon aylanib, so‘nggi modadagi kiyimlar xarid qilish omadli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar bugun sizga ishxonangizda qiziqarli hodisalarni va’da berishmaydi. Shunday ekan, yo dam oling, yo uydagi yumushlarni bartaraf etish bilan shug‘ullaning. Bugun dala hovlida ter to‘kish, uyni ta’mirlash, yangi uy qurishni boshlash muvaffaqiyat keltiradi. Meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qilib, immunitetni ko‘tarishga harakat qiling. Shunda qish oylarini salomatlikda o‘tkazishingiz uchun imkon tug‘iladi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi parhez tutishni boshlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

27 iyul kunning birinchi yarmida boshingizga xabarlar shodasi yog‘ilishi kutilmoqda. Siz erinmasdan bu xabarlarni birma-bir tahlil qilib chiqishingiz kerak. Buning uchun sizga do‘stlar yordami hamda internet zarur bo‘ladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermang. Kechqurun shaxsiy ish bilan noma’lum manzilga jo‘nashingiz kutiladi. Bu sizga faqat foyda beradi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanish rejimi va me’yorini buzmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ertalab uyqudan uyg‘ongach, uyingizni kapital ta’mirdan chiqarish haqida o‘ylab ko‘ring. Yoz bunday ishlar uchun ayni muddao. Bemalol qurilish materiallari sotib olish uchun kirishishingiz ham mumkin. Kechqurun yaqinlaringizdan biri arzimagan bahona bilan sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Xotirjamlikda bu tanqidni qabul qilgandan keyin, tanqidchini tinchlantirishga harakat qiling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Salomatligingiz pand bera boshlasa, xalqona usullar bilan davolanishga urinmang. Muammoni battar chigallashtirib yuborasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

27 iyul kuni miyangizga ishingiz bilan bog‘liq g‘oyalar shu qadar ko‘p quyilib keladiki, ularni ro‘yxat qilib qog‘ozga tushirmasangiz, keyin unut bo‘lishi mumkin. Ammo yangi g‘oyalar haqida hech kimga ayta ko‘rmang. Undan ko‘ra o‘sha g‘oyalarni tartib bilan amalga oshirishga kirishing. Moliyaviy ahvolingiz faqat bankdan u qadar katta bo‘lmagan miqdorda kredit olsangizgina yaxshilanadi. Kechqurun safarga otlana boshlashingiz mumkin. Lekin kutilmagan uchrashuv ko‘ndalang bo‘lib safarni boshqa kunga qoldirishga majbur bo‘lasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz ancha og‘ir o‘tadi. Kun davomida do‘stlar yoki qondoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar ko‘ndalang turishi mumkin. Tushdan keyin ba’zilarni ommaviy tok shouga taklif etishlari mumkin. Bu yerda yig‘ilganlar sizning hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizdan bahramand bo‘lishadi. Yangi tanishlar orttirasiz. Ular bilan bugunning o‘zida tabiat qo‘ynida dam olib qaytishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

27 iyulda ish joyingizda hamkasblar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. To‘g‘ri, bo‘sh kelsangiz, sizni hatto kechagina ishga joylashgan yoshlar ham obro‘sizlantirib qo‘yishi hech gap emas. Biroq masalani sokinlikda hal qilsangiz ham bo‘ladi. Imkon bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam olib qayting. Asablar tinchlanadi. Mehnat ta’tili haqida o‘ylab ko‘rsangiz ham bo‘ladi. Kechqurun g‘iybatchi qo‘shnilardan o‘zingizni nari olib qoching.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Moliyaviy ahvolingiz tamoman izdan chiqib ketgan taqdirda ham o‘zingizni qo‘lga oling. Jazavaga tushmang. Badavlat tanishlar bo‘lsa, o‘shalardan yordam olishga harakat qiling. Yoki hammasiga qo‘l siltang-u, toqqa ketib dam oling. Yoqimli kuy va qo‘shiqlar ohangi ostida kabobxo‘rlik qilish, tog‘ havosidan to‘yib-to‘yib nafas olish salomatligingizni kosmonavtlarnikidan ham mustahkamroq ko‘rinishga olib keladi. Yomonlar, g‘iybatchi va olchoqlarga so‘zingizni berib qo‘ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

27 iyul kuni baliq burji ostida tavallud topganlar negadir xayolparastroq ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Dangasalik va apatiya ham bunga qo‘shilib sal holdan toydirishi mumkin. Og‘ir ishlarni boshqa kunga qoldiring. Bugun qiz-juvonlar uchun go‘zallik saloniga borish xayrli kechadi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda shu kunlarda tarvuz va mevalar katta yordam bera oladi. Bosh og‘rig‘i bezovta qilsa, vrachga uchrashish shart emas. Havo almashtirish lozim.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 27 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?