Aichi-Nagoyada ikki o‘zbek bokschisi chorakfinalga yo‘l oldi

Aichi-Nagoyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston bokschilari g‘alabali yurishini boshladi. 25 sentyabr kuni ringga ko‘tarilgan ikki vakilimizning har ikkisi ham raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi.
Xalokovdan ishonchli start
-60 kg vazn toifasida Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalokov musobaqadagi birinchi jangini shimoliy koreyalik O Taye Bomga qarshi o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschi bahs davomida ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘ktamova ham chorakfinalda
Ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova ham musobaqani g‘alaba bilan boshladi. U tojikistonlik Bibinashastamo Xolovani 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Aichi-Nagoyadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonning ikki bokschisi ham chorakfinalga yo‘l oldi.































Izohlar 0
…