Ko‘rfaz kubogida Qatar amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan Ko‘rfaz kubogida V guruhi jamoalari musobaqani ishonchli boshladi. 1-turning har ikki uchrashuvida ham g‘oliblar raqib darvozasini ikki va undan ortiq marta ishg‘ol qildi.
BAAdan yirik g‘alaba
Zlatko Dalich boshqarayotgan BAA Yamanni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarni Ximenes (26, 51), Yaman himoyachisi Sahal (36 — avtogol) va Pereyra (45+4) kiritdi.
Qatar chempionni to‘xtatdi
Kunning e’tiborga molik natijalaridan biri Qatar — Bahrayn uchrashuvida qayd etildi. Xulen Lopetegi shogirdlari amaldagi chempionni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Qatar safida Huhi 61-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Al Haydos 90+9-daqiqada penaltidan foydalanib, yakuniy natijani belgiladi.
Shu tariqa, V guruhida 1-turdan so‘ng BAA va Qatar g‘alaba bilan musobaqa boshladi. Avvalroq A guruhida dastlabki tur uchrashuvlari o‘tkazilgan edi.































Izohlar 0
…