Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi 4700 dollar olgan vaqtida ushlandi

1 daqiqa o'qish96
Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi 4700 dollar olgan vaqtida ushlandi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisining fuqarodan pul talab qilgani fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 4700 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda u fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln so‘m imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashishni va’da qilgani aniqlangan.

Buning evaziga jami 12 ming dollar talab qilingan. Shundan 4700 dollar tezkor tadbir vaqtida olingan, avvalroq esa yana 1300 dollar berilgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Fuqarolardan korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berish so‘raldi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?