Bashoratchilik azaldan dunyo xalqlari tarafidan qiziqish bilan qarshi olinadi. Bashoratchining bashorati to‘g‘ri chiqadimi, yo aksimi, baribir odamlar ular bilan qiziqishda davom etaverishadi.
Iyerusalim bashoratchilaridan biri Iogann bilan ham nafaqat oddiy odamlar yoki folbin, jodugarlar, balki olimlar ham qiziqib kelishgan. Iogannning XII asrda yozib qoldirgan «Bashoratchilik sirlari» asarini olimlar o‘z davrida ham yuqori baholashgan ekan.
Iogann umrining so‘nggi yillarini Iyerusalimda o‘tkazdi. Shu yerda 77 yoshida vafot etdi. O‘limidan oldin bashoratchi qo‘lyozmalarini tampliyerlar ordeni magistriga taqdim etgan. Ba’zi olimlarning aytishicha, Nostradamus ham Ioganning qo‘lyozmalaridan unumli foydalangan.
Aytishadiki, Iyerusalimlik Iogannga barcha bashoratlarni boshqalar kabi Yaratganning o‘zi hadya etgan. Agar yaxshilab fikrlansa, Ioganning aksar bashoratlari to‘g‘ri chiqqanligiga guvoh bo‘lasiz. U bugungi kunda suvarak kabi urchib ketgan terrorizm, ekstremizmni ham bashorat qilgan. Hatto, SPID xastaligi haqida ham bashorat qilgan. Iogann aytganki, odamlar bir-birini bombalar ko‘magida yo‘q qila boshlagan davrga kelib texnika rivojlanishi kuzatiladi. Bu esa tabiiy ofatlar ko‘payishi, suv toshqinlari, zilzila va to‘fonlar tufayli insoniyat qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi.
— Unday qirilishlar albatta to‘xtaydi, — deb yozgandi Iogann. — Keyin odamlar aqlan taraqqiy etib, bir jamiyatga birlashgan holda umr ko‘ra boshlaydi. Ular xastalik, ofat neligini bilishmaydi. Odamlar qanotli va qanotsiz duldullarda osmon-u falakka ko‘tariladi. Ular abadiy yashay boshlashadi. Ammo o‘tmishdagi hayotni doimo xotirasida saqlaydi. O‘zga sayyoralarda xudoning karomati bilan ruhlarimiz qayta tug‘ilish pallasiga kiradi. Ular orasida boy, kambag‘al tushunchasi mavjud bo‘lmaydi.
Albatta, bu bir tampliyer bashoratchining bashoratlari xolos. Ertaga, bir yildan yoki ming yildan so‘ng nima bo‘lishini, baribir yolg‘iz Ollohning o‘zi biladi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”