QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ish kuningiz hiyla og‘ir o‘tishi mumkin. Oldinda sizni kutayotgan qaltis vaziyatlar ishingiz, o‘qishingizga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Atrofdagilar bilan yuzaga keladigan bahslar, pala-partish xaridlar sizni kechqurunga borib yanada jiddiy ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Shu sababli o‘zingizni bosing. Taqdir o‘yinlariga xotirjam boqishga harakat qiling. Ro‘zg‘oringizda bir dunyo muammolar yig‘ilib qolgan ko‘rinadi. O‘shalarni qoyillating. Moddiy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanish pallasiga kiradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 avgust kuni ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslar yuz berishiga yo‘l qo‘ymang. Odatiy hayot tarzini kechirishda davom eting. Chunki tanaffuslar eng muhim rejalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Muhabbatda bugun tinglovchi va buyruq bajaruvchi rolida bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Kechqurun ish yoki o‘qishdan keyin toza havoda sayr qiling. Kechqurunga borib yoqimli xabar eshitishingiz kutilmoqda.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun haftaning birinchi ish kuni ekanini hisobga olsak, kun siz uchun haqiqatan og‘ir boshlanadi. Bir qator chalkashliklarga guvoh bo‘lasiz. Yo‘lingizda kutilmagan to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin muhabbatda omadingiz chopadi. Romantika faqat sizni deydi. Biroq emotsiyani jilovda tuting. Romantikaning ham o‘z chek-chegarasi bo‘ladi. Moddiy ahvolingiz qoniqarli kechadi. Ammo xaridlar masalasida jadallab ketishdan tiyiling. Pulning qolganini yaxshi kunlar uchun olib qo‘ying.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 avgustda ko‘zingizga har bir voqea-hodisa soxtadek ko‘rina boshlaydi. Ayniqsa, bu shaxsiy hayotingizda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Ishda esa aksincha, hammasi joyida. Ishlar baroridan kelishda davom etadi. Hech kimdan tanbeh eshitmaysiz, hech kimni tanqid ostiga olmaysiz. Hamkasblar bilan do‘stona munosabatda bo‘lasiz. Faqat pul masalasida faol bo‘lmasangiz, muvaffaqiyat qozona olmasligingiz mumkin. Salomatlikka ham alohida e’tibor qaratishingiz zarur.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugundan ko‘p ezguliklar kutsangiz yarashadi. Kun bo‘yi faollik, sergaklik sizni tark etmaydi. Shuning hisobiga anchadan beri ado etilmay yotgan yumushlar ham bitib ketadi. Tushdan keyin hasadgo‘ylar ta’qibiga uchrashingiz kutiladi. Lekin bu vaziyatdan juda silliqchasiga chiqib keta olasiz. Ayrimlar kechqurunga borib olis safarga otlanishlari mumkin. Buning uchun nafaqat kerakli hujjatlar, balki buyumlarni ham hozirlab qo‘yishingiz tavsiya etiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 avgust kuni o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmasangiz, omadga erishishingiz aniq. Har qanday ishni bajarishda ham yaqin o‘tmishda orttirgan tajribangizga suyaning. Tadbirkor bo‘lsangiz, shu yo‘l bilan raqobatchilarni changingizda qoldirib keta olasiz. Yo‘l-yo‘lakay duch kelinadigan to‘siqlardan ranjimang. Ular qanday duch kelsa, shunday yo‘l-yo‘lakay joyini topa boradi. Kechqurun sog‘liq masalasiga ham e’tibor qaratib qo‘yishingiz so‘raladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Dunyoga, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqishingiz kerak bo‘ladi. Ertaklarga ishonishdan, ideal qidirishdan tiyiling. Buning o‘rniga reallik sari intiling. Reallik sizga mo‘may daromadlarni ham hadya eta oladi. Tanani chiniqtirish, cho‘milish, yaqin masofaga yugurish kabi mashg‘ulotlar xayrli yakun topadi. Jigar va oshqozonni ehtiyot qiling. Muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan taomlar iste’molidan voz keching.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
6 avgustda ruhan tetiklik, kelajakka ishonch, yo‘lda uchraydigan to‘siqlardan cho‘chimaslikkina siz ko‘zlagan natijalarni beradi. Sal ikkilansangiz, yo oldinga intilishdan to‘xtab qolsangiz, omad shu zahoti o‘zini olib qochishi hech gap emas. Bu ko‘proq tadbirkorlarga tegishli. Kuningizning har bir daqiqasini puxta reja asosida kechiring. Shunda yaqinlaringiz bilan ham yayrab suhbat qurishga vaqt topasiz. Ular siz bilan kechadigan suhbatlarni juda sog‘inishgan.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ko‘zlangan maqsadlar sari dadillik bilan qadam tashlang. Agar ko‘zlagan maqsadingiz haqiqatan sizga naf keltiradigan bo‘lsa, zinhor ortga qaytishga harakat qilmang. Ana shunda siz muvaffaqiyat qozonasiz. Hasad qiladiganlar esa tillarini tishlaydi. Kechqurun oila qurmaganlarni romantika kutadi. Bu lahzalarni rosmanasiga romantik tarzda kechirishga harakat qiling. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilishingiz tavsiya etilmaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
6 avgust kuni tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar o‘zlarining tiniq va kuchli intellekti bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishlari kutilmoqda. Muhabbatda yuragingiz go‘yo olovli motorga aylanadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, o‘zingizga yoqqan insonni shu motor ko‘magida tezlik bilan o‘z tarafingizga og‘dira olasiz. U uchrashuvga qanday rozilik bildirganini sezmay qoladi. Salomatlikka e’tibor bering. Baxtingizni bersin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun shiddat bilan oldinga intilishni maslahat berishgan. Lekin kerakli joyda, kerakli lahzalarda to‘xtab olishni ham unutib qo‘ymang. Busiz ezgu niyatlaringiz puchga chiqib qolishi hech gap emas. Moliyaviy ahvolingiz hisobchilar bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. Agar harakat qilishsa, kechga qadar o‘z pullaringizni sanab olishingiz mumkin bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Shaharda yashasangiz, parklarni aylanib, hayotdan zavq oling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 avgust kuni fikrlash, xayol surish, reja tuzish kabilardan voz kechib, amaliy ishlarga e’tibor qarating. Ko‘p mulohaza qilish ishlar orqaga ketishini ta’minlaydi xolos. Moliyaviy ahvolingiz qanday kechishi ham o‘sha yumushlar bilan chambarchas bog‘liq. Har bir qulay vaziyatdan moddiy va ma’naviy manfaat olishga harakat qiling. Ba’zilar bugun tushdan keyin bosh og‘rig‘idan bezovtalanishi mumkin.
Manba: "Hordiq"
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”