Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning 50 foizdan ko‘pi - surunkali prokrastinator. Ular loyihalarni topshirish vaqtini kechiktirishadi, zarur hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshirishmaydi va ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab “kezishadi”.
Ishingiz ko‘p bo‘lsa-yu, hech unga kirisha olmayotgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak? “Zdorovye s Yelenoy Malыshevoy”da shunga doir ma’lumotlar berildi.
Prokrastinatsiya nima?
Prokrastinatsiya - insonning muhim ishlarni rad etib, mayda ishlar bilan shug‘ullanish yoki ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga berilish holati. U bir vaqtning o‘zida ishning muhimligi va shoshilinchligini yaxshi anglaydi. Prokrastinatsiya shu jihati bilan dangasalikdan ajralib turadi: biror ishni bajarishga eringan inson buni tushunib tursa-da, xavotir ham olmaydi. U shunchaki ishni chetlab o‘tishga urinadi. Prokrastinator esa o‘zini oqlash uchun bahona izlaydi va vijdoni oldida qiynaladi.
Bu holat 96 foiz odamlarga tanish va umuman normal holat hisoblanadi. Prokrastinatsiya faqat ishda yoqimsiz vaziyatlar va atrofdagilarning noroziligini keltirib chiqargandagina muammoga aylanadi.
Nima uchun prokrastinatsiyaga duch kelamiz?
Bu holatni izohlash mumkin bo‘lgan ko‘p nazariyalar bor. Ularning eng mashhuri hissiyotlar uchun miyaning bir uchastkasi, rejalashtirish va e’tibor uchun esa - boshqasi javob berishi to‘g‘risidagi nazariyadir. Shu bois ko‘ngil yozish istagi va foydali ish qilish zarurati o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Agar huzur-xalovat markazi g‘olib bo‘lsa, prokrastinator ishni keyinga qoldiradi va o‘ziga yoqqan biror boshqa mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi.
Unga qarshi qanday kurashish mumkin?
Tajribali prokrastinator va WaitButWhy.com sayti asoschisi Tim Urban TED anjumanida prokrastinatsiyaga qarshi kurashga doir qo‘llanmalar ish bermasligini aytdi. Ularni axir aqlli, teran fikrlovchi kishilar yozadi-ku - aks holda ular bunday hajmdagi matn va tadqiqotlarni uddalay olishmas edi. Shunday bo‘lsa-da, vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash kerak, bo‘lmasa, prokrastinatsiya butun hayotingizni “yeb bitiradi”.
Olimlarning prokrastinatsiyaga oid asosiy maslahatlarini e’tiboringizga havola qilamiz - agar ularning hech biri sizga yordam bermasa, psixoanalitikka uchrashish vaqti kelgan bo‘ladi. Sizning prokrastinatsiyaga moyilligingiz qandaydir chuqur psixologik muammoning asorati bo‘lishi mumkin.
1. Ro‘yxat tuzing
Ishlaringizni kichik va oddiy punktlarga ajrating. Masalan, diplom yozishingiz kerak. Taxminan quyidagicha ro‘yxat tuzing:
Mavzuni shakllantirish;
Jihozlashga talablarni aniqlash;
Kompyuterni yoqib, hujjatni yaratish;
Muqovasini tayyorlash;
…
Foto: shutterstock
Shu tariqa katta va juda og‘irdek tuyulgan ish bir necha mayda va oddiy ishlarga aylanadi.
2. Ijtimoiy tarmoqqa kirishni bloklang
Ijtimoiy tarmoqlar - eng kuchli chalg‘ituvchi omil. Qurilmangizga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni vaqtinchalik bloklovchi ilovani yuklab oling va telefondagi barcha xabar manbalarini o‘chirib qo‘ying.
3. Realist bo‘ling
Oldingizga haddan tashqari murakkab vazifa qo‘ymang: kirishmoqchi bo‘lgan ishingiz qancha murakkab bo‘lsa, uni boshlash shuncha qiyin bo‘ladi. Oxir-oqibat siz uni keyinga ko‘chirasiz va kuni bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarni sahifalab o‘tiraverasiz.
4. Biror ish bilan shug‘ullaning
Siz katta va zerikarli ma’ruza yozishingiz kerak, biroq buning o‘rniga sport zaliga bordingiz, xarid qildingiz va onangizga qo‘ng‘iroq qildingiz. Bu yaxshi. Har holda, kuningiz zoye ketmadi.
Foto: getty images
5. O‘zingizga yoqadigan ish bilan shug‘ullaning
Ehtimol, gap prokrastinatsiyada emasdir? Balki shunchaki qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqmas. Yoki ich-ichingizdan bu ishning sizga foyda keltirmasligini tushunib turgandirsiz. Ko‘p maosh to‘laydigan emas, o‘zingiz orzu qilgan joyda ishlasangiz, prokrastinatsiya belgilari namoyon bo‘larmidi?
6. Bahs boylang
Ba’zan shunday bo‘ladiki, odamlar ma’lum bir ishni bajarmasalar ham, hech nima bo‘lmasligini bilganliklari uchun uni keyinga surishadi. Shunday qilingki, u ish bajarilishi kerak bo‘lsin: masalan, bahs boylang. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”