QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Qoʻy burjida tugʻilgan baʼzi yigitlar koʻplab sohibjamollar qurshovida qolib, bir qarorga kela olmay qiynalishlari mumkin. Emotsiyani jilovlang va ularning birini tanlang. Ishxonada faollik koʻrsating. Faqat shu yoʻl bilan maqsadga erisha olasiz. Kunning ikkinchi yarmida sizga rahbarlaringiz oʻta masʼuliyatli loyiha yetakchiligini ishonib topshirishi mumkin. Shuning orasida oʻz gʻoyalaringizni ham pishitib olasiz. Kechqurun uyda vaqt oʻtkazing.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 avgustda qatʼiyatlilik va qaysarlik sizga juda asqotishi mumkin. Ish joyingizda shu ikki narsa koʻmagida barchaning havasi va hasadini keltiruvchi natijalarga erishasiz. Ortingizdan qaysidir hamkasblar gʻiybatni ham boshlab yuborishi mumkin. Siz beparvolik bilan oʻz ishlaringizni bajarishda davom eting. Koʻngli qoralarga qasdma-qasd ish yuritish sizning xarakteringizga toʻgʻri kelmaydi. Kechqurun qarindoshlardan biri sizga moddiy koʻmak koʻrsatadi. Yana qaysidir yaqiningiz kutilmagan sovgʻa ham hozirlab qoʻyishi kutilmoqda.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Sizga doimo chin koʻngildan yordam koʻrsatib kelganlarga nisbatan bugun qoʻpollik qilib qoʻymang. Buning gunohi ogʻir boʻladi. Oʻz manfaatlaringizni ularnikidan yuqori ham qoʻymang. Oila aʼzolaringizdan biri bilan dahanaki janjal yuzaga kelish ehtimoli bor. Bu yerda ham tafakkurni ishga solishingizga toʻgʻri keladi. Emotsiyaga erk bermang. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikka amal qiling. Iloji boʻlsa, koʻcha taomini yemang. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 avgustda illyuziyaga asir boʻlishdan qoching. Uning taʼsirida asosiy ishga kech qolishingiz, bu rahbarlardan tanbeh eshitishingizga sabab boʻlishi mumkin. Agar rejalaringiz reallikka asoslanib tuzilgan boʻlsa, ishoning, ular bugun albatta haqiqatga aylanadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun yangicha usullar oʻylab toping. Odatiy yoʻllar bilan niyatingiz amalga oshmaydi. Kimlardir shaxsiy biznesini ochish niyatida boʻlsa, bugundan qulay kunni topa olishmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar bugun shaxsiy hayotingizda koʻz koʻrib quloq eshitmagan tanaffuslar yuz berishini bashorat qilgan. Ammo arzimas bir kichik imkoniyatni qoʻldan bersangiz ham muvaffaqiyatlardan umid qilmay qoʻya qoling. Hayotda sizga faqat sabr yordam bera oladi. Kunning ikkinchi yarmida yaqinlaringiz uchun kutilmagan sovgʻalar hozirlashni unutmang. Doʻstlardan biri kechqurun sizni olis safarga taklif etishi mumkin. Bormang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 avgust kuni hayotingizda yorqin lahzalar koʻpligiga oʻzingiz ham shaxsan guvoh boʻlasiz. Koʻzlaringiz chaqnab, lablaringizni tabassumlar chulgʻab oladi. Shunday ajoyib kayfiyatda koʻplab qiynalganlarga yordam berishga ham ulgurasiz. Kun davomida aldanib qolishdan saqlaning. Kechqurun yolgʻiz qolishni istasangiz, istirohat bogʻi yoki suv boʻylarini tanlang. Ovqatlanish rejimini buzmang. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatliklarini ehtiyot qilishlari tavsiya etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun siz eng yorqin lahzalar va afsonaviy muhabbat qurshovida boʻlishingiz kutiladi. Ovora boʻlmang, bunday muhabbatdan qochib qutula olmaysiz. Moliyaviy masalada ham sira tashvish tortmasangiz boʻladi. Omad siz tomonda. Pulingiz moʻl va barakali. Bu baraka roʻzgʻoringiz gullab-yashnashini taʼminlasa ne ajab. Bugun jamoatchilik bilan birga tashkil etiladigan tadbirlar, yigʻinlar va kelishuvlar muvaffaqiyatli kechadi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
27 avgustda neki ish bajarmang, undan koʻnglingiz toʻlishi va lazzat olishingiz kerak. Agar shu ikki narsani bera olmasa, unday ishga qoʻl urmay qoʻya qolganingiz maʼqul. Faqat oʻzingizni oʻzingiz aldashga urinmang. Qarindoshlar, tanish-bilishlar va doʻstlar oldida obroʻyingiz ortishi kuzatiladi. Bunga roʻzgʻordagi ishdan chiqqan buyumlarni oʻz qoʻlingiz bilan taʼmirlaganingizdan keyin erishasiz. Sogʻliingizni ehtiyotlang, ovqatlanish rejimini buzmang.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Oʻzingizga tanish boʻlmagan, bir-ikki marta qoʻl urib koʻrmagan ishlarni ado etishdan tiyiling. Birinchidan, behuda vaqt sarflaysiz, ikkinchidan, sizga nisbatan tajribasi koʻp hamkasblar oldida uyalib qolishingiz mumkin. Istaklarni roʻyobga chiqarish yoʻlida biroz ayyorroq boʻling, asqotadi. Kechqurun uydagilarning baʼzilari bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Yaxshisi, koʻchada uzoq vaqt sayr qilib yuring. Shunda janjalga barham beriladi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
27 avgustda oʻzingizni emas, oʻzgalarni koʻproq seving. Agar hamkasblar bilan munosabatlaringizda muammo boʻlsa, yarashish, qayta doʻstlashish uchun birinchi boʻlib qadam tashlang. Bugun ommaviy tadbirlar, tadbirkorlar uchun kelishuv va yangi hujjatlarni imzolash jarayonlari muvaffaqiyatli kechadi. Tushdan keyin oʻzingizni negadir yomon his eta boshlashingiz xavfi bor. Salomatlikni hech narsa bilan almashtirib, boshqa narsani undan yuqori qoʻyib boʻlmaydi. Darhol muolajalar olish tadbirini koʻring.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun siz tomonda. Xudodan astoydil soʻrab koʻchaga chiqsangiz, bebahra qoʻymaydi. Oʻz mehrini, eʼtiborini sizdan ham darigʻ tutmaydi. Ishxonada ham hamkasblar bilan munosabatlar qaynoq kechadi. Tasavvur qilyapsizmi, iliq emas, qaynoq kechadi. Demak, ishlar ham baroridan keladi. Moliyaviy masalada ham omadingiz keladi. Goʻyo lotereya oʻynagansiz-u, katta yutuqqa ega chiqasiz. Bugungi daromadingiz xuddi shunday moʻl boʻladi inshoolloh.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 avgust kuni baliq burji ostida tavallud topgan doʻstlarimizni moʻʼjizaviy va bir-biridan ajoyib sarguzashtlar kutadi. Agar safarga chiqsangiz, ular soni yanada koʻpaya boradi. Muhabbatda arzirli yangilik sodir boʻlmaydi. Biroq bu ham vaqtincha. Siz bugun yurakni juda ehtiyot qilishingiz kerak. Zarurat tugʻilsa, mutaxassisga uchrashing. Lekin xalqona usullar yordamida muolaja olishga urinmang. Bu sizga faqat ziyon yetkazadi xolos.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”