Ekspertlarning taʼkidlashicha, yurak sogʻlom boʻlishi, bir meʼyorda ishlashi uchun minerallar talab qilinadi. Bu nafaqat yurak xastaligiga uchraganlar, balki sogʻlom odamlarga ham taalluqlidir.
Masalan, yurak uchun kaliy va magniy yetishmasligi aritmiyaga olib keladi. Aritmiya rivojlanib ketsa, yurak urishdan toʻxtaydi. Demak, bu masalaga juda jiddiy munosabat yuritish lozim.
Yurakning doimiy tarzda bir xil, standartlarga javob beradigan darajada ishlashi uchun kaliy va magniy juda zarur. Chunki ular yangi, baquvvat toʻqimalar qurilishida asqotadi, asab tizimida sodir boʻladigan eng muhim jarayonlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
ICH QOTISHI VA TOMIR TORTISHISHI
Agar organizmda magniy yetishmasligi koʻzga tashlansa, avtomat tarzda mushaklar zaiflashuvi hamda tomir tortishish jarayoni yuzaga keladi. Kaliy organizmda kamayib ketsa, odam holsizlana boshlaydi, tez-tez ich qotish hodisasi yuz beradi. Ikkala mineralning ham yetarli emasligi diareya, qusish, qora terga botish va spirtli ichimlik ichish kabi holatlarda kuzatiladi.
YURAK UCHUN QANDAY MAHSULOTLAR FOYDALI?
Kaliyga boy mahsulotlar:
Banan, tarvuz, apelsin, kivi;
Kartoshka, shpinat, avokado, qoʻziqorin;
Quritilgan mevalar, yongʻoq;
Koʻkatlar, ukrop, petrushka.
Magniyga boy mahsulotlar:
Shpinat, brokolli, kolrabi;
Banan, malina,
Mosh, loviya, fasol;
Don mahsulotlari, makaron, guruch;
Quritilgan mevalar, yongʻoq;
Achchiq shokolad;
Meva va giyoh damlamasi.
Ekspertlar hech qachon parhezli taomlarni mutaxassis maslahatisiz isteʼmol qilmaslikka chaqiradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”