Bu dunyo “korxona”si vujudga kelgan ekan, azaldan ikki narsa: ruhoniyat va moddiyat oʻrtasidagi raqobat davom etib kelmoqda. Ruhoniyatning asosi iymondir. Moddiyatning asosi esa moʻʼminni Alloh taolodan gʻofilligiga, iymonining zaiflashishiga sabab boʻladigan barcha narsalar hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo xalqlari moddiy taraqqiyotning shunchalik choʻqqisiga koʻtarildilarki, uning imkoniyatlari hayratlanarli darajada keng quloch yozdi. Zamonaviy texnologiyalar vositasida insoniyat oʻziga misli koʻrilmagan moddiy qulayliklar yaratdi. Hattoki, koinotni ham maʼlum darajada oʻziga boʻysundirdi. Lekin bu moddiyat uchogʻi uzra mast boʻlib uchayotgan mavjudot oʻzining insoniylik, insof, diyonat, hayo iffat degan libosini tobora jismidan yechib bormoqda.
Bugungi kundagi musulmon boʻlmagan xalqlar hayotiga nazar solsak, ularning shuncha moddiy qulayliklar, rohat farogʻat bagʻishlovchi uskunalarning barchasiga ega boʻla turib ham oʻzlarini baxtsiz, ruhiy bezovtalik, bexalovatlik va iztiroblar iskanjasida hayot kechirayotganlarining guvohi boʻlyapmiz. Bunga sabab nima? Mazkur savolga qisqacha javob shuki, bularning bari ularning hayoti ruhoniyat va iymondan xoli ekanligi sabablidir. Chunki ruhiy xotirjamlik, haqiqiy amniyat va halovatning iymonsiz hosil boʻlishi mumkin emas. Odamzod mablagʻ evaziga uyqu dori sotib olishi mumkin, lekin xotirjamlik, ruhiy xalovat dorisini sotib ololmaydi. Yumshoq par toʻshaklar sotib olishi mumkin, lekin ruhiga sokinlik va orom baxsh eta olmaydi.
Inson uchun eng katta neʼmat va davlat bu – iymondir. Agar inson qalbi ichra ushbu neʼmat mavjud boʻlsa, garchi unda zohiriy rohat va qulaylik uskunalari boʻlmasa ham, u eng buyuk lutf va marhamat bilan taʼminlangan sanaladi. Inson bu dunyoda Alloh taoloning qudratiga oshno boʻlib, iymon sohibi boʻlar ekan, uning qalbini dunyoda har qanday holatda ham sokinlik, xotirjamlik va xalovat egallaydi, oxiratda esa faqatgina iymon ahllariga nasib boʻladigan yuksak maqom sohibi boʻladi.
Bugungi Xudobezor baʼzi mamlakat vakillari oʻzlari iymon sohibi boʻlish neʼmatidan mahrumliklari yetmaganidek, musulmonlarning qalblaridagi iymon nurini oʻchirish, yoki ozgina boʻlsa ham ularni hidoyat yoʻlidan ogʻdirish maqsadida har xil fitna-fasod va buzgʻunchilik rejalarini ishlab chiqishmoqda. Hozirgi davrda moddiy taraqqiyot va moddiy qulayliklarni inson hayotiga katta tezlik bilan kirib kelishi natijasida ularning ruhiy holati tobora zaiflashib bormoqda. Biz musulmon boʻlmagan qavmlarga aytamizki: “Siz dunyoda eng yuqori imkoningizda taraqqiyotga erishing, lekin bu bilan haqiqiy rohat va xotirjamlikka erisha olmaysiz. Islom dinini qabul qiling, shundagina haqiqiy ruhoniyatni ixtiyor etasiz”.
Dunyo turli tuman musibatlar, tartibsizliklar markaziga aylangan bugungi kunda tinchlik-omonlik va xotirjamlikning beshigi bu – iymondir.
Iymonli va iymonsizlarning hamma amallarining misoli matematik bir masalaga oʻxshaydi. Oʻng tarafga 0 sonini yozib chap tarafga har qanday birlikdagi katta sonlarni yozing va ularni bir biriga koʻpaytiring. Natija bitta, faqat nolga teng boʻladi. Bu iymonsizlarning amallarining bahosi. Chunki ularning iymon turadigan tomonlari, yaʼni, koʻpaytirmalari nolga teng, shu sababli ham natija har qanday katta sonlarga koʻpaytirsak ham nolga teng boʻladi. Endi oʻng tarafda 1 yoki 10, yoki 100, yoki 1000 va hokazo son boʻlsachi, chap tarafdagi sonimiz ham shu kabi biror musbat qiymatga ega son boʻlsa, u holda ularni bir biriga koʻpaytirsak, yuqori qiymatlar kelib chiqaveradi. Hech qachon natija 0 ga teng boʻlib qolmaydi. Moʻʼminning iymoni turgan tarafda musbat qiymat bor shu sababli ham amallarimizga koʻpaytirilsa, natijada ulkan savoblar hosil boʻlaveradi.
Shu kabi barcha iymon sohiblari odatiy, kundalik amallariga ham ajru savob olaveradilar. Ammo iymon neʼmatidan mahrum boʻlgan xalqlarning esa katta katta yaxshiliklari boʻlsa ham oxiratda hech qanday eʼtibori yoʻq. Ushbu misoldan ham iymonning qanchalik buyukligi va fazilatining ahamiyatini tushunib oldik.
Afsuski, iymon shunchalik buyuk neʼmat boʻla turib, biz unga beparvomiz va gʻaflat bilan munosabatda boʻlamiz. Majlislarimizda yoki oʻzaro suhbatlarimizda bekorchi, hazil mutoyiba soʻzlarni koʻp ishlatamiz. Bu singari tilga eʼtibor bermaslik, beparvolik oqibatida hatto inson iymonidan judo boʻlib qolishi mumkin. Shu sababli ham inson oʻziga jiddiylikni lozim tutsin, xazil mazaxdan uzoq boʻlsin. Har doim oʻziga savol berib yursinki, mening iymonim salomatmi, uni saqlay olyapmanmi? Ahlullohlar aytadilar: “Alloh taolo shunday iymonga nur beradiki, odamzot uni qadam baqadam nazorat qilib saqlab, toki qabrgacha yetib boradi.”
Ahlullohlarning hayotlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularning butun hayoti hamisha moʻʼminona sifatlar bilan oʻtganiga guvohi boʻlamiz. Shunday boʻla turib ham, har vaqt iymon bilan xotima topish fikrida boʻlishar, har doim Allohdan goʻzal xotima soʻrab duo qilishar, huzurlariga kelgan insonlar bilan ham shu narsani Allohdan soʻrab duo qilishardi. Ushbu voqealarni nazarda tutib kitobning nomini “Kelinglar iymon haqida fikr qilaylik” deb nomladik. Men sizlarga aytadigan haqiqat shuki, bu kitobni hozirgi zamon musulmonlarining har biri oʻqib chiqishi shart. Alloh taolo ushbu boshlayotgan yangi ishimizga sharaf bilan qabuliyat bersin, nur bilan ziynatlasin va bizlarga komil iymon nasib etsin, iymonimizni zavolga ketkazadigan barcha zarali amallardan saqlasin.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”