“Xiyonat ustida ushladi” - Sevgilisi uchun sovg‘a olib kelgan mushuk internet yulduziga aylandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda mushuklar ishtirokidagi kulgili video foydalanuvchilar orasida keng muhokama qilinmoqda. Video qisqa vaqt ichida millionlab tomoshalar yig‘ib, turli hazil va memlarga sabab bo‘ldi.
Lavhada bir mushuk og‘zida sichqon bilan boshqa mushuk tomon kelayotgani aks etgan. Foydalanuvchilar esa vaziyatni insoniy munosabatlarga qiyoslab, unga o‘ziga xos syujet to‘qib chiqishgan.

Eng ommalashgan izohlardan birida: “Mushuk festivaldan qaytgan sevgilisi uchun sovg‘a olib kelgandi, ammo uni xiyonat ustida ushlab qoldi”, deyiladi.
Boshqa foydalanuvchilar esa voqeaga hazil aralash yondashib, “Muhimi, sichqon tirik qoldi”, “Bu yilning eng dramatik sevgi hikoyasi bo‘ldi”, kabi izohlar qoldirmoqda.






























Izohlar 0
…