14:53 / 04.09.2018
6 997

Jufti halolingizni duosini oling

Jufti halolingizni duosini oling
Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:

Ayolining duolari ila insonning farzandlari dinida baraka boʻladi. Bu nozik jihatni yodda tuting! Siz koʻrasizki, bir necha buyuk dindor odamlar boʻladilar. Magar, xarakterlari juda yomon va ogʻir boʻlgani sababli, ayollariga doimo yomon muomala qilaveradilar. Shu sababli ularning farzandlari dindor boʻlmaydi. Endi, bular oʻzlari katta olimlar, muftiylar. Lekin farzandlari benamozligidan tashvishda boʻladilar.

Bir voqea:

Mening oldimga bir kuni bir katta muftiy janoblari farzandini olib keldi va: “Hazrat! Men oʻgʻlimni hadis davralariga qatnashtirdim. Uning haqqiga duo qiling. U farz namozlarni oʻqimaydi” dedi. Men buni eshitib titrab ketdimki, bola hadis davrasiga qatnashgan, shundan keyin ham farz namozini oʻqimaydi. Shunda, men biroz gaplashganimda, menga maʼlum boʻldiki, bu muftiy janoblarining harakterlari ogʻir edi va ayolidan uzr soʻraydigan emas edi. Men unga: “Farzandlaringiz dindor boʻlishini xohlaysizmi?” dedim. U: “Ha, albatta” dedi. Men: “Ayolingizning duolarini oling”, dedim. Shunda, u qahqaha otib kulib yubordi. Men: “Siz buni oddiy narsa deb tushunmang. Men buni ulugʻlarimizdan eshitganman va barakasini koʻrganman. Siz ayolingizga mehr qoʻying. Ayolingizning duolarini oling. Keyin, Alloh taolo farzandlaringizni qanday solih qilishini tomosha qiling”, dedim.

Allohning qudratiki, ikki yildan keyin oʻsha muftiy hazrat yana keldi va “oʻgʻlim tarovehda xatmi Qurʼonga oʻtdi” dedi. Men: “Farz namozlarni oʻqimaydigan bola qanday qilib xatmi Qurʼonga oʻtdi?” dedim. U: “Hazrat! Siz aytgach, men ayolimga mehr qoʻydim va unga farzandlarimizning solih boʻlishi uchun duo qil”, dedim. “Alloh taolo uning duosini qabul qildi va farzandlarimizni solih qildi”, dedi.

Ota-onaning duolari ila moddiy rizqda baraka boʻladi. Pir, ustozning duolari ila fayzda baraka boʻladi. Ayolining duolari ila insonning farzandlari solih boʻladi.

(Taaba manzil sirf devane gaye kitobidan. 254-bet.)
Abdulqayyum KOMIL tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jufti halolingizni duosini oling