Munisa Rizayeva eridan oldingi munosabatlari haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish69.4K
Munisa Rizayeva eridan oldingi munosabatlari haqida gapirdi

Xonanda Munisa Rizayeva shaxsiy hayoti va turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari haqida ochiq gapirdi. U nikohidan avval ham boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lganini yashirmaganini ta’kidladi.

«Men 38 yoshga kirgan ayolman. Albatta, shu yoshimgacha hech kim bilan uchrashmaganman, deb ayta olmayman. Hayotimda boshqa insonlar ham bo‘lgan, o‘tmishim bor. Men buni hech qachon sir tutmaganman», — dedi xonanda.

Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uning o‘tmishiga salbiy munosabat bildirmagan. Aksincha, xonanda o‘zini ruhan og‘ir his qilgan paytlarda ham u doimo qo‘llab-quvvatlagan.

«Men unga “qiyin ahvoldaman, tushkunlikdaman” deganimda, u “buning ahamiyati yo‘q, mening sevgim ikkalamizga ham yetadi”, degan. U meni shunchalik yaxshi ko‘rganki, “qancha kerak bo‘lsa, shuncha kutib turaman”, deb aytgan», — deya xotirladi Munisa.

Xonanda to‘ydan keyin ham munosabatlar oson kechmaganini tan oldi. Uning aytishicha, hatto to‘ydan so‘ng uyiga borgisi kelmagan paytlari ham bo‘lgan.

Shunga qaramay, juftlik barcha qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tgan. Munisa Rizayeva bugungi kunda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli ekanini aytib, ulardagi haqiqiy muhabbat nikohdan taxminan 4–5 oy o‘tgach shakllanganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?