QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun qoʻy burji vakillariga nafaqat yoqimli, balki foydali tanishuvlarni vaʼda berishadi. Agar meʼyorlarni buzmasangiz, koʻzlangan barcha ezgu maqsadlarga albatta yetasiz. Buning uchun atrofdagilar bilan muloqot sari talpinish ham shart emas. Ish qaynaydi, hamkasblar yordamga shay. Arzimas mayda-chuydalardan ham oʻzingiz uchun quvonchli lahzalarni izlab topa olasiz. Kechqurun zeriksangiz, sevimli xobbingizni yodga oling. U albatta sizga hamroh boʻladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 sentyabr kuni har qanday vaziyatdan manfaat topishga harakat qiling. Garchi atrofdagilar sizga qarshi boʻlishsa, borligʻingiz zulmat iskanjasida qolsa ham, shu zulmatdan-da manfaat qidiring. Albatta topasiz. Kunning ikkinchi yarmida oʻzingizga har jihatdan maʼqul odam bilan boʻlib oʻtadigan qisqa muddatli muloqot koʻnglingizni ravshan torttiradi. Kechqurun yaqin manzillarga safar qilishingiz mumkin. Bu ham ruhiyatingizni osmon etib, sizga iliq taassurotlarni hadya etadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tabiatingizga mos yoqimtoylikdan bugun shaxsiy hayotda unumli foydalanishingiz mumkin. Shuning bahonasida kayfiyatingiz koʻtarilib, ishlaringiz oldinga siljiydi. Siz mehnatkashsiz. Kuyib-yonib ishlaysiz va kechqurun natijasini koʻrasiz. Shuning uchun ham rahbarlar bugun sizga yangi loyihani ishonib topshirmoqchi. Bardam boʻling. Faqat oldinga intiling. Lekin salomatlik haqida ham unutib qoʻymang. Kechqurun toza havoda piyoda sayr qiling. Yengil tortasiz.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 sentyabrda baxtingiz, kelajak orzularingiz uchun shafqatsiz kurash boshlashingiz kutiladi. Chunki kurashlarsiz baxtga erishib boʻlmasligini bilasiz. Ishxonangizda jamoaviy ishlarni amalga oshirish koʻproq foyda beradi. Kun soʻngida moliyaviy muammolaringiz qisman ijobiy hal boʻladi. Bugun uchun shuning oʻzi ham yetadi. Ammo yirik xaridlarga zinhor yoʻl bera koʻrmang. Inqirozga yuz tutasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar arslon burji ostida tavallud topganlarga kun ogʻir oʻtishi, biroq juda qiziqarli kechishini bashorat qilgan. Sizni kimlardir hamkorlikka taklif etadi, yana kimlardir foyda keltiradigan safarlarga joʻnatish payida boʻladi. Tashvish tortmang, sizdagi kuch va imkoniyatlar yetib ortarli. Bugun yangi uy sotib olish, muhim hujjatlarni rasmiylashtirish va mayda taʼmir ishlari muvaffaqiyatli kechadi. Jismoniy mehnat ham siz uchun foydali, faqat meʼyorida boʻlsa.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 sentyabrda nafaqat yaqin insonlar yordamidan bahramand boʻling, ish davomida taqdirning oʻzi siz tomonga irgʻitadigan omad kalitini ham ilib olishga harakat qiling. Ayrimlar ishxonasida yosh avlod vakillaridan birini shogirdlikka olishi mumkin. Rahbarlar siz tomonda boʻlishadi. Chunki ular sizning haqiqiy professional ekaningizni bilishadi va qadrlashadi. Kechqurun surunkali xastalikka yoʻliqqanlar muolaja haqida ham oʻylab koʻrsalar yomon boʻlmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugungi kuningiz osuda oʻtishiga vaʼda berishmaydi. Lekin baʼzi jabhalarda yoqimli lahzalarni paydo qilish koʻproq oʻzingizga bogʻliq. Yoshi ulugʻ qarindoshlar holidan xabar oling, farzandlar tarbiyasi bilan shugʻullaning. Bularning barchasi sizga ruhiy ozuqa bersa ajab emas. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shugʻullanish, qisqa masofaga yugurish salomatlik uchun koni foyda ekanini unutmang. Darvoqe, kashanda boʻlsangiz, bugun chekishdan butkul voz keching. Afsuslanmaysiz.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
26 sentyabr kuni kayfiyatingiz tushkun holatda boʻlishi kutiladi. Ish joyingizdagilar ham hayratdan yoqa ushlashlari tabiiy. Shaxsiy hayotda juftingizga nisbatan muloyim munosabatda boʻling. Aks holda u ham sizga arzirli javob qaytarish payiga tushishi mumkin. Qiz-juvonlar uchun bugun tashqi koʻrinishi va salomatligiga alohida eʼtibor qaratish xayrli kechadi. Ovqatlanishda rejimga va meʼyorga amal qiling. Kechqurun kimdir qoʻlingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar moliyaviy muammolarni tezroq, koʻngildagidek bartaraf etishingiz uchun imkoniyatlar eshigini lang ochib qoʻymoqchi. Bunday imkoniyatdan qanday foydalanish oʻzingizga bogʻliq. Asosiysi, har bir vaziyatdan unumli foydalansangiz bas. Pul degani faqat sizning kaftingizda boʻladi. Muhabbatda oilasizlarni buguncha omad aylanib oʻtadi. Oilalilar esa shaxsiy hayotda jufti bilan arazlashgan boʻlsa, bugun yarashadigan kun. Bardam boʻling. Qoʻsha qariysiz.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
26 sentyabr kuni mayli, jajjigina boʻlsin, lekin sokin, yoqimli sevgi orolingizga oʻzingiz hukmron boʻlasiz. Sizga va suyukli insoningizga hech kim xalal bera olmaydi. Ammo ish masalasini ham unutib qoʻymang. Mavqeingizni oshirish ilinjida yurgandingiz. Muhabbat bu imkoniyatdan mahrum etib qoʻyishi hech gap emas. Bugun salomatlikni mustahkamlash, immunitetni koʻtarish amallari muvaffaqiyatli kechadi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Bugun kunning birinchi yarmida oila qurishga ulgurmaganlar boʻlgʻusi taqdirdoshini uchratishlari kutiladi. Shoshilmang, avval u insonning qalbini oʻrganing, kuzatuvdan oʻtkazing. Pul masalasida qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Kimlardandir qarzingiz boʻlsa, qarzlardan qutulasiz. Qolgan pullar roʻzgʻor ehtiyojlari uchun sarflanadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 sentyabrda bir soʻz bilan aytganda, pul dengizida choʻmilishingiz mumkin. Anchadan beri bunday yoqimli lahzalarni boshdan kechirmagandingiz. Orzularingiz osmonlarga yetar darajada quvonasiz. Muhabbatda bir xillik sari intiling. Qarama-qarshi jins vakillari, vakilalariga talpinishdan tiyiling. Juftingiz yo boʻlgʻusi juftingizgina sizga oʻzingiz istagan baxtni, xotirjamlikni bera oladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)