13:27 / 30.09.2018
5 521

“Oʻzingga ravo koʻrmaganni, oʻzgaga ham ravo koʻrma”

“Oʻzingga ravo koʻrmaganni, oʻzgaga ham ravo koʻrma”
“Telba” filmida shunaqa epizod bor: Bosh qahramon rolidagi yigit gʻururi toptalsa-da, oilasiga foydasi tegadigan kelishuvga rozi boʻladi. Shu kelishuvdan soʻng sovgʻa olib onasini kasalxonaga koʻrgani borganida ular oʻrtasida quyidagi suhbat boʻlib oʻtadi:

Ona: “Qayerdan olding shuncha narsani”
Oʻgʻil: “Sotdim”

Ona: “Uyda hech narsa yoʻq ediyu bolam sotadigan”
Oʻgʻil: “Bor edi,keraksiz bir narsam bor edi, ushani”.

Ona: “Nima ekan usha keraksiz narsang bolam”.
Oʻgʻil: “Nima boʻlardi oyi – Gʻurur-da. Zato endi chirogʻam bor, gaz ham bor, hamma narsa bor. Faqat”...

Ona: “Nima faqat”
Oʻgʻil: “Quvonch yoʻq oyi. Quvonch”

Shu kabi holat har bir yigitning hayotida boʻlib tursa kerak. Kimdurda tez-tez va kimdurda ahyon-ahyonda yoki juda kamdan-kam. Aksariyat bunaqa holatda oilam va farzandlarimga zarari tegmasin deb chidashga va ichiga yutishga harakat qiladi. Yoshi 50 dan oʻtgan erkak oʻqituvchini hamkasblari bilan majlisga kelmading deb, tarsakini indamay qabul qilishlari yoki rahbar mashinaga minaman deb, kelayotganda yugurib borib mashinaning eshigini ochib beradigan kishi, oʻzidan 10-15 yosh kichik yosh kadr behurmat qilib haqorat qilganda ham bu holatga sabr qilib turishlarini sababini umumlashtirib aytganda: “Agar hozir qarshilik koʻrsatsam yoki shu ishni amalga oshirmasam ishimni yoʻqotaman” degan fikr boʻladi. Balki bu notoʻgʻridur, aslida, Oʻzingga ham, Ishingga ham deb magʻrur eshikni bir tepib ketish kerakdur. Ammo, ishsiz qolish sabab uyda farzandlar qiynalishidan ogʻir sinov boʻlmasa kerak. Erkak shu sabab ham chidaydi. Otalik masʼuliyati uni bunga majbur qiladi. “Zato svet ham boʻladi, gaz ham boʻladi”.

Nimaga bularni yozyapman, choyxona-yu oshxonada oʻzimizdan yoshi katta ofitsiantga ukam buni olmaysanmi, deb sensirab murojaat qilayotganimizda, yoshi ulugʻ taksichi amaki 2 daqiqaga kech qolganda “nima kech qoldingiz” deb ogʻzimiz koʻpirib soʻrov qilayotganimizda – ularning nima sababdan bu holatga indamay rozi boʻlib turganliklarini sababini bilaylik degan maʼnoda. Ularda ham koʻngil bor, bizga nima yoqmasa, ularga ham yoqmaydi. Bir soʻz bilan aytganda “Oʻzingga ravo koʻrmaganni, oʻzgaga ham ravo koʻrma”ga amal qilishimiz kerak.
Oybek YAXSHIYEV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Oʻzingga ravo koʻrmaganni, oʻzgaga ham ravo koʻrma”