Uchuvchi uch soatlik parvozda osmonda Mona Lizani chizdi

1 daqiqa o'qish369
Uchuvchi uch soatlik parvozda osmonda Mona Lizani chizdi

AQSHning Arkanzas shtatidagi mahoratli uchuvchi oddiy parvozni noodatiy san’at asariga aylantirdi. U samolyotning GPS parvoz yo‘nalishidan foydalanib, Leonardo da Vinchining mashhur «Mona Liza» asarini osmonda chizdi.

Uchuvchi Arkanzas shtatidagi Bentonvill shahridagi aeroportdan havoga ko‘tarilib, Arkanzas va Oklaxoma shtatlari chegarasi yaqinida maxsus rejalashtirilgan yo‘nalish bo‘ylab uchgan. U Cessna R182 samolyotida aniq hisoblangan burilishlarni amalga oshirib, parvoz kuzatuvida qolgan izlar orqali mashhur portretga o‘xshash tasvir hosil qilgan.

Bu noodatiy «havodagi rasm» oldindan puxta rejalashtirilgan. Samolyot yo‘nalishida yuz qiyofasi, sochlar va Mona Lizaning umumiy tashqi chiziqlarini aks ettirish uchun ko‘plab aniq hisoblangan burilishlar amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi bosib o‘tgan umumiy yo‘nalish taxminan 35 milni tashkil etgan. Osmondagi ushbu san’at asarini yaratish uchun esa qariyb uch soat vaqt ketgan.

Parvoz davomida uchuvchi oldindan belgilangan GPS yo‘nalishiga qat’iy amal qilgan. Chunki yo‘nalishdan hatto kichik og‘ish ham yakunda hosil bo‘ladigan portret shaklini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi.

Noodatiy parvoz maxsus parvozlarni kuzatish saytlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’lum qilinishicha, 73 mingdan ortiq kishi samolyot harakatini real vaqt rejimida kuzatgan.

Parvoz yo‘nalishi aks etgan suratlar va videolar tez orada ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Foydalanuvchilar uchuvchining mahoratli boshqaruvi, GPS texnologiyasi va san’atni birlashtirgan ijodiy g‘oyasiga yuqori baho berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?