00:08 / 15.10.2018
6 764

Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

15 oktyabr kuni qo‘y burji ostida tug‘ilganlarning omadi keladi. Siz yangi kuch va imkoniyatlar bilan ishga tushasiz. Bu kun oxirida o‘z mevasini beradi albatta. Shaxsiy hayotingizda yaqinlaringiz bilan munosabatlarda muammolar mavjud. Xuddi shu muammolarni bugundan qoldirmay ijobiy hal etishingiz tavsiya qilinadi. Ish joyingizda qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi bilan bo‘ladigan xufiyona uchrashuvlar obro‘yingizga jiddiy putur yetkazishi mumkin. O‘ylab ko‘ring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kuningiz muammolar, mushkulotlar, jismoniy zo‘riqishlar bilan boshlanishini hech kim bashorat qila olmaydi. Lekin baxt va omadga erishish uchun baribir kurashishingizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, shaxsiy hayot va ishda raqobatchilar borligini bilsangiz, o‘z baxt va omadingizni o‘shalardan himoya etishingiz kerak. Ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish uchun ancha-muncha pul zarur bo‘ladi. Qarzga botishni istamasangiz, zahiradagi pullardan foydalanib turing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

15 oktyabr kuni yo‘q joydan muammo topib o‘zingizni qiynamang. Yaqin o‘tmishga qaytishingiz ham maslahat berilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida daromad va xarajatlar miqdori deyarli tenglashadi. Agar yangi ishga joylashgan bo‘lsangiz, hozircha daromad kutishingizdan foyda yo‘q. Serqatnov yo‘llarda nihoyatda sergak bo‘ling. Aks holda jarohat olishingiz hech gap emas. Salomatlikka ham alohida e’tibor bilan yondashing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun ishga va shaxsiy hayotga sarflanadigan vaqtni teng bo‘lib chiqishingiz kerak bo‘ladi. Negaki, ikkalasiga ham ulgurishingiz zarur. Agar birini qoldirib, ikkinchisi bilan band bo‘lib qolsangiz, ortiqcha muammolarga ko‘milasiz xolos. Oila qurmaganlar yangi tanishuv va romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Kechki payt kimlardir xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Ammo bu safar sizga moddiy manfaat hadya etmaydi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun huquqshunos maslahati juda zarur bo‘ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

15 oktyabr kunning birinchi yarmida yaqin o‘tmishda chetga surgan muammolarni bartaraf etishingiz talab etiladi. Chunki ularsiz bugungi hayotingizda muvaffaqiyatlarga erishishingiz qiyin kechadi. Firibgar, kissavur, ikkiyuzlamachi, qasamxo‘rlar ta’siriga tushib qolishdan saqlaning. Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatda ham chuv tushirib ketishlari hech gap emas. Tomorqada ter to‘kish va sport bilan shug‘ullanish bugun muvaffaqiyatli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ertalabdanoq muhim hujjatlarga ko‘milishingiz kutilmoqda. Tushga qadar vaqtingiz qog‘ozbozlik bilan o‘tishi ehtimoldan xoli emas. Ishda esa kutilgan foydani olishingiz tayin. Bugun meros va xususiy mulk bilan bog‘liq muammolar muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Surunkali xastalikka uchraganlar salomatligiga jiddiy e’tibor bersinlar. Dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang. Kerak bo‘lsa, muolajalarni boshlasangiz ham bo‘ladi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

15 oktyabr kuni ish joyingizdagi ba’zi hamkasblar tarafidan sizga nisbatan agressiv harakatlar sodir etilishi kutiladi. Bunga hasad sababchi bo‘lishi mumkin. Siz undaylarni sukut bilan yengishga harakat qilib ko‘ring. Chunki undaylar behuda asabiylashishingizga arzimaydi. Agar mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lsangiz, dam olishni puxta reja asosida tashkil etish imkoniga egasiz. Sanatoriyga borib dam olsangiz, shu bahonada salomatlikni mustahkamlab olsangiz ham sira ziyon bo‘lmaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ertalab uyqudan uyg‘onishingiz bilan zararli odatlardan qanday voz kechish yo‘llarini qidiring. Yo‘lning borsa kelmasini tanlang. Keyin esa sport bilan asta-sekin shug‘ullana boshlang. Olimpiada chempioni bo‘lishingiz shart emas. Salomatligingiz mustahkam bo‘lsa bas. Ko‘proq piyoda yursangiz ham organizmga katta foyda keltirgan bo‘lasiz. Bugun xizmat safariga borish unumli kechadi. Orzuingizdagi daromadga ega bo‘lib qaytishingiz mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

15 oktyabrda moliyaviy masalada mushkul holatlar yuzaga kelishi mumkin. Lekin qayg‘uga botmang. Chunki bu muammo changalidan chiqib ketishingizda yaqin do‘stingiz albatta yordam beradi. Asosiysi, muammoni to‘liq unga gapirib bering, vassalom. Shamollash, gripp kabilarga duchor bo‘lmaslik uchun immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling. Sport bilan shug‘ullanish, hammomga borish va suzish mashqlaridan yuz o‘giring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Agar ishxona yoki oilada janjalli vaziyatlar yuzaga kela boshlaganini sezsangiz, imi-jimida o‘zingizni chetga ola qoling. Bugun bu janjallarga sizning aralashishingiz olovga moy sepgan bilan barobar kechadi. Oddiy kuzatuvchiga aylaning va sukut saqlang. Oila qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari kechqurun romantik uchrashuvga otlanishi mumkin. Salomatligingizni hamisha nazoratda ushlang, afsuslanmaysiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

15 oktyabr kuni o‘zingizga umuman yoqmaydigan amallarni ham bajarishingizga, sabr bilan olg‘a bosishingizga to‘g‘ri keladi. Sababi, aynan shu amallar sizga kutilgan daromadni hadya etishi mumkin. Bahs-munozarali vaziyatlardan qoching. Juda bo‘lmaganda, qulog‘ingizga naushnik taqing-u, e’tiborsiz bir shaxsga aylaning. Bu tinchligingiz saqlanishiga erishishda va bema’ni xayollardan nari bo‘lishingizda katta yordam beradi. Ovqatlanishda me’yorni biling. Aks holda shundoq ham injiqlana boshlagan oshqozonni zo‘riqtirib qo‘yishingiz mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugungi kuningiz g‘alati, tushunarsiz kechishi kutilmoqda. Ishda, shaxsiy hayotda imkoniyatlar negadir qo‘lingizdan chiqib ketaverib bezor qiladi. Natijada kayfiyatingiz tushadi. Tushkunlik domida qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Aksiga olgandek, muhabbatda ham omad sizdan yuz o‘girishiga guvoh bo‘lasiz. Iloj qancha, ba’zida shunday kunlar ham bo‘lib turadi. Hayot faqat tekisliklardan iborat emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?