00:28 / 17.10.2018
7 725

Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

17 oktyabrda ishxonangizda yumushlarni astoydil ado etishga tap-tayyor boʻlasiz. Shaxsiy hayot ham sizdan qochib qutula olmaydi. Bu masalada shiddat bilan qatʼiy qarorlar chiqarasiz. Agar shunday kayfiyatda intilishlarni davom ettira olsangiz, kunning ikkinchi yarmiga borib moliyaviy muammolarni ham oʻz foydangizga doʻndira olasiz. Asosiysi, janjalli davralar va vaziyatlardan qoching. Sizni koʻra olmaydigan baʼzi ichi qora qoʻshnilar kimlar bilandir orangizni buzib katta janjal chiqarishga harakat qilib koʻrishlari ham ehtimoldan xoli emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugungi kuningiz xudo xohlasa omadli kechadi. Quyosh faqat sizning boshingizga nur sochadi. Kimlardir maslahat bersa, labbay deb javob bering. Shirin suhbatlar qurishga chorlaganlarning takliflarini inkor qilmang. Chunki haqiqiy doʻstlar ana shunday suhbatlar orqali tanlanadi. Kechqurun uydagilaringiz uchun yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Olis safarga otlanish istagida boʻlsangiz, marhamat, yoʻlga chiqing. Bu safar sizga moliyaviy manfaat ham keltiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

17 oktyabr kuni ertalab sevimli xobbingizni eslab qolasiz. Bu bekorga emas. Xobbi sizga tongdayoq yangi kuch-quvvat ato etishi mumkin. Bugun toza havoda uzoq vaqt sayr qilish, tanani chiniqtirishga yoʻnaltirilgan muolajalar va doʻstlar bilan suhbat qurish xayrli kechadi. Garderobingizni ham bir koʻzdan kechirib qoʻyishni unutmang. Har holda qish yaqin. Balki yangi issiq kiyimlar sotib olishingiz kerakdir?

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ishda ishonchli yoʻnalishni tanlangki, jiddiy xatolarga yoʻl qoʻymaydigan boʻling. Yoʻl-yoʻlakay kimdir sizni ranjitsa, koʻngilga yaqin olmang. U dilozorni xudoga soling, vassalom. Zinhor bir joyda uzoq turib qolmang. Zamon bilan hamnafas holatda harakatlar sodir eting. Muhabbatda bugun oilasizlarning omadi keladi. Kimdir sizni uchrashuvga taklif etishi mumkin. Albatta boring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

17 oktyabr kuni ish masalasida shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymasligingiz tavsiya qilinadi. Aks holda bu ish sizga faqat koʻngilsizliklar va moliyaviy inqiroz olib keladi. Yaqin manzilga safar qilish zarurati tugʻilsa, mayda-chuyda ishlarni bajarishdan boʻyin tovlamang. Bir soʻz bilan aytganda bugun qancha koʻp harakat qilsangiz, shuncha oʻzingizga yaxshi boʻladi. Har qanday turdagi kasalliklar sizni chetlab oʻtadi. Demak, sport bilan shugʻullanishdan bosh tortmasangiz ham boʻladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Har bir daqiqani qadrlashingiz talab etiladi. Chunki qimmatbaho vaqt ortga qaytmaydi. Zerikarli, deyarli naf keltirmaydigan ishlarga eʼtibor qaratib ovora boʻlmang. Bugun yangi uyga koʻchib oʻtish, uy anjomlarini xarid qilish va uy taʼmiri muvaffaqiyatli kechadi. Agar moddiy ahvolingiz koʻtarsa, yangi mebellar sotib olishingiz mumkin. Xullas, pulni uy uchun, oʻzingiz uchun tejab oʻtirmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Asabni asrang. Asabni ham ortga qaytarib yoki qayta tiklab boʻlmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

17 oktyabrda tarozining pallasini teng ushlagan holda harakatlar sodir eting. Zimmangizdagi vazifalarni ertangi kun uchun qoldirish haqida oʻylab ham koʻrmang. Shunda sizni shon-shuhrat ham, moddiy toʻkinlik ham chetlab oʻtmaydi. Ish joyingizda bugun haqiqiy isteʼdodingizni barchaga namoyish etish uchun qulay imkoniyatlar tugʻiladi. Imkoniyatlarni qoʻldan boy bermang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Bugun odatdagidan ham moʻlroq daromad olishingiz kutilmoqda. Hamkasblaringiz sizni xazina topibdi deb oʻylashlari tabiiy hol. Oʻylashsa-oʻylayverishsin. Siz olgʻa intilavering. Obroʻli, puldor shaxslar bilan bahslashishni xayolingizga ham keltirmang. Bir kun kelib oʻshalarga ishingiz tushib qolishi mumkin. Shaxsiy hayotda esa juftingizga yetakchilik qilishga intilishingiz yoqib tushmasligi mumkin. Jimgina yetakchilikni uning qoʻliga topshiring-u, sukut saqlang.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

17 oktyabr kuni koʻpchilik oʻzidan koʻngli toʻlmay, asabiylashishi mumkin. Ayniqsa, tashqi koʻrinishingiz sizga sira yoqmay ketaveradi. Unda tashqi koʻrinishingizga eʼtibor qarating. Yangi kiyimlar sotib oling. Pulingiz yetsa, ayol boʻlsangiz, stilistga murojaat etsangiz ham ziyon qilmaydi. Oila qurishga ulgurmaganlar kunning ikkinchi yarmida idealidagi insonni uchratib qolishi ehtimolga yaqin. U bilan munosabatlarni qanday tartibda mustahkamlash oʻzingizga bogʻliq.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Tadbirkorlar bugun kunning birinchi yarmida yangi hamkorlar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashlari mumkin. Tadbirkor boʻlmaganlarning ayrimlari esa yuqori lavozimga tayinlanishi ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy tijoratiga ega doʻstlarimizning aksariyati bugun bir oylik daromadni topib, katmonlarini qappaytirishlari haqiqatga yaqin. Shaxsiy hayotda qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Bu roʻzgʻordagi qaysidir jihozning buzilib qolishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

17 oktyabrda qovgʻa burji ostida tavallud topganlar hamkasblaridan farqli oʻlaroq oʻz muammolarini oʻzlari oʻz kuch-imkoniyatlariga suyangan holda bartaraf etishadi. Miyangizga kelgan yangi gʻoyalar bilan hatto rahbariyatni ham hayratdan yoqa ushlashga majbur etasiz. Shaxsiy hayotda esa aksincha, kuzatuvchi rolini bajarishga majbursiz. Yoʻqsa, janjallar domida qolib ketishingiz hech gap emas. Unutmang, bugun oilangizdagilar sizdan moliyaviy muvaffaqiyatlarni kutib qolishadi. Boʻshashmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun moddiy ahvolingiz koʻngildagidek kechmasligi mumkin. Aynan shu muammo sizni depressiya holatiga tushirib qoʻyishi ehtimolga yaqin. Albatta, harakatingizni qilsangiz, intilsangiz, olgʻa bosishdan choʻchimasangiz, bu muammoni ham ijobiy hal etishingiz turgan gap. Juda boʻlmasa, puldor tanishlardan biriga qoʻngʻiroq qilasiz. Oila qurmagan boʻlsangiz, bugun romantik uchrashuvga taklif qilishsa, bosh tortmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?