QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalab turiboq, boshni baland ko‘targan holda o‘zingiz bilan kelishuvga erishishingiz kerak. Shundagina kun bo‘yi ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erisha olasiz. Tushdan keyin asosan moliyaviy muammolarni bartaraf etish niyatida yelib-yugurasiz. Ayrimlar kechki payt ish yuzasidan safarga otlanishlari mumkin. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshingiz uyingizga mehmon bo‘lib kelishi kutiladi. Bu tashrif kayfiyatingizga iliqlik olib kirsa ajab emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 oktyabr kuni kechirib turgan bugungi hayotingizni xavfga qo‘ymaslik haqida qayg‘urishingiz kerak. Ko‘p narsalar joningizga tekkan. Tanaffuslar sodir bo‘lishini istaysiz. Xudodan astoydil tilasangiz, albatta niyatingizga yetasiz. Shaxsiy hayotingizda azaliy orzularingizdan biri ushalishi mumkin. Kechqurun toza havo sayriga otlaning. Iloj topsangiz, yolg‘iz qolib yaqin kelajak rejalarni puxtalab oling. Uxlashga yotish pallasida qatiq iste’mol qilishni unutmang. Tushlaringiz totli kechadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agar yaqin insonlaringiz sizga yetarlicha e’tibor bermayotgan bo‘lsa, ranjimang. Bu haqda birovlarga arz ham qila ko‘rmang. Oilasiz bo‘lsangiz, yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Oxirgi marta qachon sevgan insoningizni kafega taklif etganingizni eslab ko‘ring. Moliyaviy masalada bugun jiddiy muammolar yuzaga kelish xavfi bor. Bu birovlarga qaytarishingiz lozim bo‘lgan qarz va soliq to‘lovida o‘z aksini topadi. Salomatligingiz ham joyida emas. Qon bosimingizni jiddiy nazorat ostiga oling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 oktyabrda shamol qay tarafga qarab essa, siz ham o‘sha tomon qadam tashlay boshlaysiz. Imkon bo‘lsa, ijod bilan shug‘ullanib ko‘ring. Shedevr asar yarata olmasligingiz mumkin, ammo xunuk va qo‘rqinchli o‘ylardan nari bo‘lasiz. Yoki rasm chizish bilan shug‘ullaning. Bu mashg‘ulot ham asablarni tinchlantirishda tengsiz hisoblanadi. Kechqurun kimdandir yoqimli xabar eshitasiz. Bardam bo‘ling!
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun kuningiz kayfiyat buzilishi, tushkunliklar va shubha-gumonlarga boy bo‘lishi kutiladi. Shu ahvolda ishga ham borgingiz kelmaydi. Lekin majbursiz. Agar ba’zi sohalarda dunyoqarash va fikringizni o‘zgartirishga erisha olsangiz, vaziyat sizning foydangizga o‘zgarishi ham hech gap emas. Shunda ertangi kunga nisbatan yuksak ishonch tuyg‘usiga ega bo‘lardingiz. Kimlardir sizdan qarzdor. Bugun ularga keskinroq muomala qilsangiz, darrov qarzlarini qaytarishadi. Siz esa moddiy jihatdan to‘kinlikka erishasiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 oktyabr kuni ertalab qarshingizda ikkita yo‘l namoyon bo‘ladi. Biri shaxsiy hayotga, xotirjamlikka, ikkinchisi esa faol va astoydil ter to‘kib ishlashga olib boradi. Bir qarorga kela olmasangiz, tangani osmonga oting va ilib oling. Qay tarafi bilan tushsa, o‘shanga qarab ish ko‘raverasiz. Muhabbatda bugun tuyg‘ularga bo‘ysunish sizga faqat ziyon yetkazadi. Tafakkurga suyaning. U to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Salomatlikni mustahkamlash ham yodingizdan ko‘tarilmasin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kayfiyatingizning qandayligi bugun juda muhim ahamiyatga ega. U raqobatchilarni quvib o‘tish, changingizda qoldirib ketishingizni ta’minlay oladi. Omad manzili tomon olg‘a bosing. Tadbirkorga aylanishni orzu qilgan bo‘lsangiz, bugun foydali ishlarga pul tikish amali muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun suyukli insoningiz bilan shirin suhbatlar qurgan holda vaqt o‘tkazing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 oktyabrda o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lasiz. Boshqalarning muammolari sizni u qadar qiziqtirmaydi. Ammo do‘stlar, qarindoshlarning murojaatlariga labbay deb javob bering. Ijod kishilarining mavqeni orttirishdagi urinishlari omadli kechadi. Bu ishda sizga yaqindagina yaratgan shedevrlaringizdan biri yordam beradi. Shu bahonada muxlislaringiz soni ham ortadi. Hatto, juftingiz ham sizni boshqatdan sevib qolishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun shaxsiy hayot tashvishlari bilan o‘ralashib vaqt o‘tkazadigan kun emas. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishni do‘ndirishingiz talab etiladi. Aks holda pulsiz qolib ketasiz. Shunday ekan, bir soniya ham chalg‘imasdan, xayolni bo‘lmasdan ter to‘kavering. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar u qadar muvaffaqiyat qozona olmasliklari mumkin. Bu bo‘lg‘usi juftingiz bilan fikrlaringiz bir xil chiqa qolmasligida o‘z aksini topadi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda me’yor va rejimni buza ko‘rmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 oktyabr kuni kimlardir sizni ochiq suhbatga chaqiraverib bezor qilishi mumkin. Biroq siz bezor bo‘lmang. Bunday suhbatlarning ayrimlari sizga hayotda asqotib qolishi ham ehtimoldan xoli emas. Ishda ham, oilada ham to‘g‘ri so‘zlang, ochiq yuz bilan yaqinlaringizga munosabat bildiring. Bo‘g‘im va oshqozon bilan bog‘liq surunkali xastalikka chalinganlar profilaktik harakatlarni boshlamasalar bo‘lmaydi. Bu xastaliklar o‘z vaqtida muolaja olishni taqozo etadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Shaxsiy hayotingizdan tortib xayollaringizgacha tartibsizlik ko‘zga tashlanadi. Bu qandaydir siringiz oshkor bo‘lishi bilan boshlanadi. Ishoning, bu jiddiy muammo. Muammoni esa qondoshlaringiz ko‘magisiz bartaraf eta olmaysiz. Kun davomida eng qulay imkoniyatlar yo‘lingizdan chiqadi. Agar ularni qo‘ldan chiqarmasangiz, ish joyingizda ham ortiqcha bosh og‘riqlar bo‘lmasdi. Asabni asrang. Asab buzishga moyil vaziyatlardan nari bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 oktyabrda baliq burji ostida tug‘ilganlarning ayrimlariga eng yaqin, sadoqatli deb bilgan do‘stlari favqulodda xiyonat qilishi mumkin. Faqat bu xiyonatni deb ich etingizni yeyishingiz noto‘g‘ri. Bunday lahzalarda sukut yordamida dushmandan o‘ch olish lozim. Agar aqlni ishga solsangiz, boshqa muammolar ham sizdan qochib qutula olmaydi. Ba’zilarni kun davomida bosh og‘rig‘i, varikozlar bezovta qilib o‘tishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi