Manchester Siti mojarosi: dunyo matbuoti klubga nisbatan eng ogʻir jazoni talab qilmoqda

1 daqiqa o'qish107
Manchester Siti mojarosi: dunyo matbuoti klubga nisbatan eng ogʻir jazoni talab qilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Manchester Siti klubi Premyer-liga moliyaviy qoidalarining barcha bandlarini buzganlikda aybdor deb topildi va bu Angliya futbolidagi eng yirik moliyaviy mojaro hisoblanadi.
  • Britaniya matbuoti klubning so‘nggi sakkizta chempionlik unvonini bekor qilishni, shuningdek, ulkan jarimalar va quyi divizionga surgun qilishni talab qilmoqda.
  • Bu holat butun dunyo OAV diqqatini tortdi va Yevropa sport jamoatchiligi moliyaviy adolat tizimining o‘zgarishidan xavotirda.

Angliya futboli soʻnggi yillardagi eng yirik moliyaviy mojaro girdobida qoldi. Mustaqil komissiya Manchester Siti klubini Premyer-liga moliyaviy qoidalarining barcha bandlarini buzganlikda aybdor deb topdi va bu xabar butun dunyo OAV diqqat markaziga chiqdi. Bild nashrining tahlil qilishicha, mazkur voqea sport olamida asnosiy muhokama mavzusiga aylanib, klubni ulkan jarimalar, chempionlik unvonlaridan mahrum etish va quyi divizionga surgun qilish kabi jiddiy oqibatlar kutmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Alohida taʼkidlash joizki, Britaniya matbuoti bu borada eng keskin pozitsiyani egallagan. Daily Mail gazetasining yozishicha, Manchester Sitining soʻnggi yillarda qoʻlga kiritgan barcha sakkizta chempionlik unvoni rasman bekor qilinishi lozim. Nashr shuningdek, klubning moliyaviy qallobliklari Manchester Yunayted va Liverpul kabi ashaddiy raqiblarning tarixiga salbiy taʼsir koʻrsatganini taʼkidlab, ingliz futboli tuzatib boʻlmas darajada zarar koʻrgani va endi avvalgidek boʻlmasligini qayd etgan.

Miqyossiz muammo va qattiq jazo talablari

BBC telekanali ham yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligiga alohida eʼtibor qaratdi. Manbaga koʻra, mazkur muammoning koʻlami nafaqat Angliya chempionati yoki futbol tarixida, balki butun jahon sportida misli koʻrilmagan darajada ulkan hisoblanadi. Mutaxassislar vaziyatning qanchalik muhim va xavfli ekanini aynan shuning bilan izohlamoqda.

The Sun nashri esa oʻz bayonotlarida hech qanday cheklovlarga yoʻl qoʻymadi. Gazeta bu shunchaki oddiy qoidabuzarlik emas, balki tarixiy miqyosdagi sharmandali xatti-harakatlar uchun muqarrar hisob-kitob ekanini yozdi. Shuningdek, boshqa barcha raqib klublar adolatli qasos va qatʼiy jazo choralarini kutayotgani, chiqarilgan hukm qanchalik keskin boʻlsa, jazo ham shunchalik qattiq boʻlishi shartligi taʼkidlangan.

Mojaroning nafasi faqat Britaniya bilan chegaralanib qolgani yoʻq. Fransiyaning nufuzli Le Parisien gazetasi ham ushbu masalaga oʻz munosabatini bildirib, Manchester Siti endi eng yomon ssenariylarga tayyor turishi lozimligini ochiqchasiga yozib chiqdi. Yevropa sport jamoatchiligi mazkur ishning yakuni futbol olamidagi moliyaviy adolat va qoidalar tizimini tubdan oʻzgartirib yuborishidan xavotirda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?