
Qachonki, u o‘zini sizga kerak emasligini sezgandagina sizni sog‘ina boshlaydi:
Qachonki, uning sms xabarlariga o‘sha zahotiyoq javob berishni to‘xtatganingizda, u nima sababdan bunday qilayotganligingizga qiziqa boshlaydi;
Qachonki, siz uchrashuv belgilab, u ilgari uchrashuvni qoldirgani kabi, siz ham keyinga qoldirsangiz. Faqat bundan endi uning ko‘ngli og‘rishni boshlaydi, sizni emas;
Qachonki, yo‘lda ketayotganida sizning sevimli qo‘shig‘ingiz yangrashni boshlaganida;
Qachonki, uning hayotida qandaydir yaxshi hodisa yuz berganida, faqatgina siz bilan birinchilardan bo‘lib bo‘lishgisi kelganini tushunadi;
Qachonki, siz unga erta tongdan «Xayrli tong!» degan so‘zlarni yozishni to‘xtatganingizda u sizni qumsaydi;
Qachonki, siz uning e’tiborini o‘zingizga qaratishga harakat qilishni bas qilganingizda, u sizga qarab siz u o‘ylaganidan ham nafisroq va ajoyib xilqat ekanligingizni anglaydi;
Va u bularning hammasini juda kech bo‘lganida tushunganidan o‘zi-o‘zidan nafratlanadi…
Qadringizni biling ayollar, juftingizga yopishib olguncha o‘z ustingizda ishlang, o‘sing, rivojlaning! Sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullaning. O‘z olamingizni yarating! Shundagina o‘zingiz izlagan qadrga,e’tibor va mehr-muhabbatga erishasiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar