07:08 / 05.03.2019
5 112

Boylikning yaxshisi...

Boylikning yaxshisi...
1. Ruhni davolamay turib, tanani davolab boʻlmaydi.
2. Duo qiluvchining yeydigan taomi, kiyadigan kiyimi, turarjoyi, barcha narsalari haloldan boʻlishi kerak.
3. Eng yaxshi dori – xordiq va nafsni tiyish.
4. Sekin-sekin shoshil.
5. Feʼl kengligi – rizq moʻlligi.
6. Kulish bilan yoʻqotilgan narsa yigʻlash orqali topilmaydi.
7. Koʻp uxlaydigan odamning umri bebaraka boʻladi.
8. Kim birovning payini qirqsa, oʻziniki ham qirqiladi.
9. Gʻazabning avvali tentaklik, oxiri nadomatdir.
10. Bolalarim meni hurmat qilsin desang, ota-onangni eʼzozla.
11. Boylikning yaxshisi haloldan topilgani, savobli ishlarga sarflanganidir.
12. Kibrlanma, zinoga yaqinlashma, ota-onanga xizmatini ado et, isrofgarchilik qilma, mehnatkash boʻl, kiyimingni pok tut. Shunda sogʻlom boʻlasan, uzoq yashaysan.
13. Uyquga ketishdan oldin “Allohga shukr, men sogʻman, men yaxshiman”, degan soʻzlarni takrorla.
14. Koʻp kishilar sir saqlay bilmaganlari uchun halokatga uchraydi.
15. Umring avvalida qanchalik sergak boʻlsang, umring oxirida ham shunchalik hushyor turib, tadorigingni koʻrib qoʻy.
16. Quduq ichidan osmonga qaragan odam juda oz narsani koʻradi.
17. Devorni nam, insonni gʻam yiqitadi.
18. Niyat xayrli boʻlsa, oqibat ham xayrli boʻladi.
19. Yomgʻir yogʻayotganda koʻzasini toʻldirmagan kishi suvsiz qoladi.
“Baxtli hayot sari” kitobidan olindi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boylikning yaxshisi...