Javohir Sindarovdan "To‘y qachon?" degan savollarga javob berildi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov bilan o‘tkazilgan intervyuda undan mamlakat birinchiligini qo‘lga kiritgani va bu yutuqdan keyingi taassurotlari haqida so‘raldi.
Shaxmatchi Xitoy, Hindiston va AQSH kabi kuchli jamoalar ustidan g‘alaba qozonib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritish katta hayajon berganini ta’kidladi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, eng katta hayajon chempionlikdan keyin O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida yuzaga kelgan.
"Xitoy, Hindiston va Amerika kabi juda kuchli jamoalardan g‘alaba qozonib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritganimizda, albatta, hayajon bo‘ladi. Lekin eng katta hayajon baribir chempionlikdan so‘ng yurtboshimiz bilan bo‘lgan uchrashuvda bo‘ladi. Men juda xursandman, yurtimizda shaxmatga shunday e’tibor qaratilayotganidan", — dedi Javohir Sindarov.
Suhbat davomida shaxmatchiga shaxsiy hayotiga oid savol ham berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Javohir Sindarov va Bibisara Asaubaeva birga ko‘rinish berishi tez-tez muhokama qilinishi sababli undan «To‘y qachon?» deya so‘raldi.
Javohir Sindarov esa hozircha asosiy e’tibori sportdagi maqsadlariga qaratilganini bildirdi.
"Maqsadim hali jahon toji uchun kurashish. Hali u narsalarga e’tiborimni qarata olmayman. Keyinchalik e’tibor qaratamiz", — deya javob berdi shaxmatchi.































Izohlar 0
…