Tishda hosil boʻladigan bakteriyalar qatlamining oshishi yoʻgʻon ichak saratonining rivojlanishini jadallashtiradi, deb yozadi Sof.uz MedicalXpressʻga tayanib.
Xabarda yozilishicha, Kolumbiya universiteti olimlari (AQSH) tadqiqot oʻtkazishadi. Oʻtkazilgan tadqiqot davomida oʻsimtaning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi F. Nucleatum baktriyasining harakat mexanizmni aniqlanadi. Maʼlum boʻlishicha, bakteriyaning harakat mexanizmi anneksin A1 oqsili taʼsiri ostida ichakda rivojlanadi. Anneksin A1 oqsili esa bakteriya va saraton hujayralari oʻrtasida bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
Mutaxassislar uchdan bir yoʻgʻon ichak saratoni holatlari parodontit va kariyes kasalliklarini keltirib chiqaruvchi F. Nucleatum bakteriya konsentratsiyasining oshishiga bogʻliq ekanligini aniqlashdi. Qayd etish joizki, shunga oʻxshash oʻsimtalar boshqalariga qaraganda koʻproq oʻlimga olib keladi.
Olimlarning taʼkidlashicha, bakteriya konsentratsiyasini kamaytirish va anneksin A1 oqsili harakatlarini bloklab qoʻyish oʻsimtaning oʻsishini sekinlashtiradi. Mutaxassislar fikriga koʻra, mazkur maʼlumotlar yoʻgʻon ichak saratonining oʻta xavfli turlarini aniqlash va davolashni osonlashtirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi