06:02 / 10.03.2019
7 273

Koʻr va shol haqida rivoyat

Koʻr va shol haqida rivoyat
Koʻr va shol doʻst emishlar. Koʻr sholni aravachaga solib, yetaklab yurar, shol koʻr uchun - koʻz, koʻr esa shol uchun oyoq-qoʻl ekan. Shu tariqa bir-birlarining nuqsonlarini toʻldirib, birgalikda istiqomat qilar ekanlar. U paytlar tibbiyot rivojlanib, ularning dardlariga davo topilgan boʻlsa-da, bular faqirliklari uchun muolajaga pullari yetmay, shu ahvolga sabr qilib yuravererishibdi.

Kunlarning birida ikki doʻst sahroning narigi tomonidagi qoʻshni shaharga yoʻl olibdi. Yoʻlda ketarkanlar, sholning koʻzi bir koʻza oltinga tushibdi.
- Oltin! - debdi shol.
- Qayerda? - soʻrabdi koʻr.
- Uni men koʻrdim, oltin meniki, biroq seni ham nasibasiz qoldirmayman, shu shartimni qabul qilib, qasam ichsang, aytaman, debdi shol.
- Unga mening qoʻlim birinchi tegib, men uni koʻtarib yuradigan boʻlarkanman, hammasi meniki boʻlishi toʻgʻriroq, ammo mayli, senga ham beraman, debdi koʻr.

Ikkalasi oltinni talashishga tushibdilar. Shol oltin koʻrning qoʻlida boʻlsa ham, uning yordamisiz yoʻlini topolmasligini bilib, uni sahroda yoʻl topolmay oʻlishi mumkinligidan qoʻrqita boshlabdi. Oʻz oʻrnida shol ham “oltin qoʻlimda boʻlsa, koʻrni sahroda qoldirsam baribir oʻladi,” degan boʻyi, - Xazina meniki, – deb oʻtiraveribdi.

Bir necha soat bahslashib, tortishib, kim xazinaning barchasiga yoki koʻprogʻiga haqliroq ekani daʼvosiga dalillar keltirish bilan holdan toyibdilar.
Oradan ancha vaqt oʻtgach, bir sogʻlom - koʻzi va oyoq-qoʻli joyida boʻlgan kishi ularning oldidan oʻtib qolibdi.

Ularga qarab, ahvolni tushungach, rosa ikkalasining ustidan kulib masxara qilibdi-da, xazinani oʻziga olib, ularni sahroda qoldirib ketibdi....
Bugungi kunimizda bir-birlariga ehtiyojlari boʻla turib, butun kuchlarini oʻzlarining haq ekanlarini isbotlashga sarflayotgan musulmon toifalar va oʻlkalar ahvoli mana shu koʻr bilan sholning nodonligi kabidir.

Murosa qilib, xazinalarini hamjihatlikda oʻzlarini muolaja qilishga sarflaganlarida edi, balki ikkalalari ham shifo topib, baxtiyor yashashardi...
Bu qissada har bir inson uchun yetarli ibrat bor.

Ayniqsa, Islom ummatni oʻzaro tortishuvlarga shoʻngʻitib, chalgʻitayotgan va bu ishlari bilan dushmanlarga bilib-bilmay xazinalarimizni topshirib qoʻyayotgan badbaxtlarga Allohdan insof va farosat soʻrab qolamiz!
Mahmud Usmon
Madina Islom Universiteti talabasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koʻr va shol haqida rivoyat