Qashqadaryoda nechta elektromobil bor? Rasmiy ma’lumot berildi

2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 122,7 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida eng ko‘p elektromobil Toshkent shahrida qayd etilgan — 88 496 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 9 546 ta, Samarqand viloyati — 4 870 ta va Xorazm viloyati — 3 784 ta bilan qayd etilgan.
Qashqadaryo viloyatida esa 3 045 ta elektromobil mavjud. Bu ko‘rsatkich bilan viloyat O‘zbekiston hududlari orasida elektromobillar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryoda elektromobillar soni 2026 yil 1 aprel holatiga 2 611 tani tashkil etgan edi. Uch oy davomida ularning soni 434 taga yoki 16,6 foizga ko‘paygan.
Shu tariqa, 2026 yilning birinchi yarmida Qashqadaryoda elektromobillar soni sezilarli darajada oshgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…