Xamdam Sobirov nega sun’iy intellektdan foydalanishni istamasligini aytdi

Xonanda Xamdam Sobirov intervyularidan birida ijod jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishni yoqtirmasligini aytdi. U sun’iy intellektdan foydalanish ommalashib borayotganini, biroq bu jarayonni vaqtinchalik tendensiya deb hisoblashini bildirdi.
«Menimcha, sun’iy intellekt vaqtinchalik», — dedi xonanda.
Shundan so‘ng san’atkordan: «Hozir klip suratga olish jarayonlarining o‘zida ham bunga guvoh bo‘lyapman. Bugungi kunda ko‘plab san’atkorlar mablag‘ni tejash maqsadida sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Siz nima uchun sun’iy intellektdan foydalanmadingiz?», — deb so‘raldi.
«Menimcha, sun’iy intellekt vaqtinchalik narsa. Biroz vaqt o‘tgach, barcha yurtdoshlarimiz uning kompyuter va sun’iy intellekt yordamida yaratilganini anglab yetadi. Keyin esa bu narsa odamlarning joniga tegishi mumkin. Shuning uchun haqiqiy, yurakdan mehnat qilish kerak, deb o‘ylayman. Har bir ish ustida astoydil mehnat qilinsa, Xudo beradi», — dedi Xamdam Sobirov.






























Izohlar 0
…