Ohangaronda bog‘chada hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi

1 daqiqa o'qish3.9K
Ohangaronda bog‘chada hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 3 yoshli bola bog‘chada hasharotlarga qarshi kimyoviy vositani ichib yuborgani ortidan vafot etdi. Holat 28 avgust kuni shahardagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, 27 avgust kuni bog‘cha xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasining chaqiruviga asosan Ohangaron tuman dezinfeksiya stansiyasi dezinfektori muassasaning xo‘jalik xonalarida hasharotlarga qarshi dezinfeksiya ishlarini olib borgan.

Tekshiruvda dezinfeksiya ishlari yakunlangach, ortib qolgan kimyoviy aralashma belgilangan tartibda saqlanmagani aniqlangan. 2023 yilda tug‘ilgan Ibrohim ushbu vositani suv deb o‘ylab ichib yuborgan. Shundan so‘ng u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola 30 avgust kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga noma’lum etiologiyali o‘tkir zaharlanish asoratlari, toksik miokardit, toksik ensefalopatiya, bosh miya va o‘pka shishi hamda ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan dezinfektor xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy baho beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?