Xitoyda ulkan tirnoqli yangi dinozavr turi aniqlandi

1 daqiqa o'qish193
Xitoyda ulkan tirnoqli yangi dinozavr turi aniqlandi

Xitoyda taxminan 125 million yil avval yashagan yangi dinozavr turi aniqlandi. Olimlar unga Kayrasaurus changliensis deb nom bergan. U ilk bo‘r davrida hozirgi Xitoyning Lyaonin provinsiyasi hududida yashagan. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

Yangi tur terizinozavrlar guruhiga mansub. U ikki oyoqda yurgan va tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, katta tirnoqlari sababli tadqiqotchilar tomonidan «patli ayiq»qa o‘xshatilgan. Uning old oyoqlaridagi uzun va egri tirnoqlari o‘ziga xos anatomik xususiyatlardan biri hisoblanadi.

Tadqiqotga asos bo‘lgan deyarli to‘liq skelet hali voyaga yetmagan dinozavrga tegishli bo‘lgan. Shunga qaramay, uning uzunligi 3,6 metrdan oshgan. Olimlar hayvonning vaznini taxminan 275 kilogramm deb baholagan.

Kayrasaurus'ning yana bir noodatiy jihati — tishlarining juda mayda va zich joylashganidir. Yuqori jag‘ining har bir tomonida 32 tadan ortiq, pastki jag‘ida esa kamida 45 ta tish uyasi aniqlangan. Shu sababli uning jami tishlari 77 tadan ko‘p bo‘lishi mumkin.

Patli va uzun tirnoqli Kayrasaurus dinozavri o‘simlik novdasini ushlab turibdi.

Terizinozavrlarning ajdodlari yirtqich teropodlar bo‘lgan. Biroq evolyutsiya davomida bu guruh vakillarida o‘simliklar bilan oziqlanishga moslashgan xususiyatlar rivojlangan. Kayrasaurus ham o‘simlikxo‘r bo‘lgan va ehtimol, balandroq o‘simliklar bilan oziqlangan.

Olimlarning fikricha, yangi turning topilishi Jexol biotasida yashagan terizinozavrlarning tana o‘lchami va ekologik moslashuvlari xilma-xil bo‘lganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?