Yong‘inni o‘chirgan o‘t o‘chiruvchi mashina ustida namoz o‘qidi

Yong‘inni o‘chirgan o‘t o‘chiruvchi mashina ustida namoz o‘qidi

Turkiyaning Elazig viloyati Ashag’idemirtash hududida dala yong‘ini yuz berdi. Xabar kelib tushgach, Elazig shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borib, alangani nazorat ostiga oldi va yong‘inni o‘chirdi. Bu haqda IHA xabar berdi.

Shundan so‘ng o‘t o‘chiruvchilardan biri asr namozi vaqti tugashiga sanoqli daqiqalar qolganini payqagan. U namozni vaqtida ado etish uchun yong‘in hududida turgan o‘t o‘chirish mashinasi ustiga chiqib, namozini o‘qigan.

O‘t o‘chiruvchining mashina ustida namoz o‘qigan lahzalari atrofdagi fuqarolardan biri tomonidan telefon kamerasiga yozib olingan. Keyinchalik ushbu lavha internetda tarqalib, ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qozongan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar