19:43 / 27.06.2020
4 311

Uyqu bosishiga sabab bo‘luvchi 9 mahsulot

Uyqu bosishiga sabab bo‘luvchi 9 mahsulot
Foto: Women’s Instinct
Kishi o‘​zini qanday his qilishi havo harorati, jismoniy mehnat va iste’mol qilingan mahsulotlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Quyida uyqu bosishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlarga to‘xtalamiz.

Sutli mahsulotlar
Sutli mahsulotlar triptofan va kalsiyga boy ekani bois ham miyaning aminakislotaga to‘yinishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa pishloq tarkibida kalsiy ko‘p ekani sabab ham uni iste’mol qilganidan keyin, inson bo‘shashishi kuzatiladi. Lekin pishloq bilan kreker qo‘shib yeyilsa, ko‘proq uyqu bosadi. Chunki uglevod bilan birga triptofan ta’siri ko‘proq bo‘ladi.

Bodom
Bodom uyqu garmoni melotaninni faol ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi triptofan — aminokislota hamda muskullarni bo‘shashtirish xususiyatiga ega magniyning ham koni hisoblanadi. Shu sababdan ham uni iste’molidan keyin kishini uyqu bosadi.

Banan
Banan tarkibidagi shakar, triptofanni miyaga yanada yaxshiroq qilib yetkazib beradi. Qolaversa ushbu meva, muskullarni bo‘shashtirish xususiyatiga ega kaliy va magniy minerallarini ham o‘z ichiga oladi.

Grek yong‘og‘i
Mazkur yong‘oqda bodomdagidan kamroq triptofan bo‘lsa-da, tayyor melatonin mavjud bo‘ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, yong‘oq iste’moli qondagi ushbu garmonni ko‘payishiga sabab bo‘ladi va shuning uchun ham kishini uyqu bosadi.

Olcha
Olcha ham melatonin miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Undan bir necha dona yegandan keyin sezilarli o‘zgarish kuzatilmasa-da, bir stakan olcha sharbatidan keyin uyqu bosishi mumkin.

Romashkali choy
Romashka tarkibida, muskul va asab tizimini tinchlantirish va bo‘shashtirish xususiyatiga ega aminokislota — glitsin bo‘ladi. Shu sabab ham bir piyola romashkali choy ichgandan keyin muhim ishga diqqatni qaratishdan ko‘ra uxlashga ko‘proq moyillik seziladi. ⠀

Qovoq pistasi
Qovoq pistasi triptofandan tashqari rux va magniyga boy hisoblanadi. Ushbu elementlar bo‘shashtirish va tinchlantirish xususiyatiga ega ekani sabab ham uning iste’molidan keyin mizg‘ib olish xohishi paydo bo‘ladi.

Oq guruch
Oq guruchning glikemik ko‘rsatkichi yuqori ekani sabab ham uni iste’mol qilinganidan 3-4 soat vaqt o‘tib, uyqu keladi.

Yog‘li baliqlar
Losos, tunes yoki boshqa yog‘li baliqlar tarkibidagi kislotalar melatoninni faollashtiradi. Aynan ushbu kislotalar qondagi stress garmonini pasaytirgani bois ham inson bo‘shashib, uxlashga joy qidirib qoladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqu bosishiga sabab bo‘luvchi 9 mahsulot