21:08 / 22.08.2020
4 208

Immunitetni oshiruvchi va o‘nlab kasalliklarni davolashda yaxshi samara beruvchi gulqand haqida eshitganmisiz?

Immunitetni oshiruvchi va o‘nlab kasalliklarni davolashda yaxshi samara beruvchi gulqand haqida eshitganmisiz?
Tal’atxon bobo A’zamov va Muhabbatxon ona A’zamova
Xalq orasida tabiatning o‘zi tabib, degan gap bor. Darhaqiqat, inson uchun kerakli barcha shifo vositalarini tabiat ne’matlari orasidan topish mumkin.

Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan navbatdagi mahsulotimiz ham to‘liq tabiiy ozuqa hisoblanib, mutaxassislar tomonidan ko‘plab tibbiy muammolarga yechim sifatida tavsiya qilinadi.

Gulqand — u dastlab oziq ovqat moddasi sifatida qadimiy Xindiston va Fors davlatida (miloddan avvalgi 900 yillar)da o‘zining ta’mi, shifosi va boshqa foydali xususiyatlari uchun iste’mol qilingan.

Mahsulot to‘la yetilib, ochilgan bir necha xil atirgul yaprog‘i, bargi va ta’bga qarab shakar qo‘shish hamda uni saratonning quyoshida toblash orqali olinadi.

Gulqand inson tanasidagi charchoq, og‘riq, ko‘z yallig‘lanishi, tish va milk, yuqori qon bosimi, oftob urishi, terlash bilan bog‘liq muammolarda yaxshi samara beradi.

Qibraylik Tal’atxon bobo A’zamov va Muhabbatxon ona A’zamova o‘zlariga tegishli 8 sotixli tomorqaning 5 sotixini atirgullar uchun ajratgan.

Yetishtirilgan atirgullardan esa oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni salomatligi hamda qo‘shimcha daromad olish uchun gulqand tayyorlanadi.

Reportajimizda qahramonlarimizning gulqand yetishtirish tarixi, ko‘plab kasalliklarga davo bo‘luvchi mahsulotni tayyorlash sirlari hamda gulqandning boshqa xususiyatlari bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni oshiruvchi va o‘nlab kasalliklarni davolashda yaxshi samara beruvchi gulqand haqida eshitganmisiz?