"Ronaldu bo‘lmasa, hech kimsiz": Krishtianuning opasi butun mamlakatni keskin tanqid qildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru, bosh murabbiy Jorje Jezushning harakatlarini "ikkiyuzlamachilik va xiyonat" deb atab, ukasini himoya qildi.
- Aveyru ijtimoiy tarmoqlarda Portugaliya jamoatchiligi va matbuotini tanqid qilib, mamlakat Ronaldusiz avvalgi o'rtacha holatiga qaytishga loyiq ekanligini ta'kidladi.
- U portugal jamiyatini hasadgo'y, mensimas va saviyasizm deb atadi, shuningdek, OAVni sayoz mish-mishlarga ko'proq e'tibor qaratishda aybladi.
Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorini muddatidan avval tark etgan Krishtianu Ronaldu atrofidagi mojaro oilaviy va milliy darajadagi keskin bahs-munozaraga aylandi. Bosh murabbiy Jorje Jezushning va’dasida turmaganini «ikkiyuzlamachilik va xiyonat» sifatida qabul qilib, lagerdan ketgan yulduz hujumchining himoyasiga uning opasi Elma Aveyru chiqdi.
Aveyru ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida misli ko‘rilmagan darajada agressiv va ochiq bayonot berib, nafaqat milliy jamoa murabbiylar shtabini, balki butun Portugaliya jamoatchiligi va matbuotini yerga urdi.
«Portugaliya hech kimni qiziqtirmaydigan avvalgi saviyasiga qaytishga loyiq»
Elma Aveyru o‘z murojaatida ukasining 20 yillik beqiyos xizmati mamlakat tomonidan munosib qadrlanmaganini ta’kidlab, quyidagi keskin so‘zlarni yozib qoldirdi:
«Portugaliya Ronaldu paydo bo‘lishidan oldingi o‘rtacha, hech kimni qiziqtirmaydigan holatiga qaytishga munosib. Krishtianu katta hurmatga loyiq edi. Terma jamoa esa yaxshiroq tashkilotchilikka muhtoj edi».
«Biz hasadgo‘y, mensimas va saviyasizmiz»
Opasining g‘azabi faqat futbol rahbariyati bilan cheklanib qolmadi. U mamlakat ommaviy axborot vositalarini va hatto portugal jamiyatini nonko‘rlikda aybladi:
OAV saviyasi: «Portugal ommaviy axborot vositalari ko‘proq malakaga va kamroq sayoz mish-mishlarga loyiq».
Millatga tanqidiy baho: «Portugal xalqiga kelsak... ular hech bir sohada eng yaxshisiga munosib emas. Biz hasadgo‘y, mensimas va saviyasizmiz».
Ukasiga dalda: «Hammasi uchun rahmat, CR7. Sen bundan ham ko‘prog‘iga loyiqsan!»
Mojaroning ildizi qayerda?
Krishtianu Ronalduning Millatlar ligasi doirasida Daniya bilan o‘yin oldidan qarorgohni tark etishiga bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘lgan edi. Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) sardorni 30 daqiqa qizitib, maydonga tushirmagan murabbiy keyingi bahsda ham uni zaxirada qoldirishiga ishora qilgan.
Mazkur voqea ortidan 41 yoshli futbolchi terma jamoani uzil-kesil tark etish qaroriga kelgani aytilmoqda. Oila a’zolarining bu qadar keskin chiqishlari esa Ronalduning milliy libosdagi erasi chindan ham og‘ir va qaytarilmas nizo bilan yopilayotganini yana bir bor isbotlamoqda.































Izohlar 0
…