date
views 4 727

Ko‘p choy ichishning sog‘liqqa qanday zarari bor?

Ko‘p choy ichishning sog‘liqqa qanday zarari bor?
Foto: «Twitter.com»
Tibbiyot xodimlari bir qarashda bezarar bo‘lib ko‘ringan ichimlikda yashiringan xavf-xatardan ogohlantirishdi. Bir qancha jiddiy alomatlar haddan tashqari ko‘p choy ichishga ishora qiladi. Bu haqda «Planeta novosti» nashri xabar berdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar odamni tez-tez uyqu buzilishi, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi bezovta qilsa, e’tiborini iste’mol qilayotgan choy miqdoriga qaratishi zarur.

Ichimlik tarkibida yuqori miqdordagi kofeinni unutmaslik lozim. U uyqusizlikka sabab bo‘lishi va o‘rganib qolishga olib kelishi tabiiy.
«Shuningdek, choy taomning oshqozondan chiqishiga xalaqit qilishi mumkin. Bu esa jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi», — deya ta’kidlanadi nashrda.

Bundan tashqari, ichimlik tarkibidagi oshlovchi moddalar qonda temir konsentratsiyasi pasayishiga hamda hazm qilish yo‘llarining shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

«Bordi-yu, bir piyola choydan so‘ng ko‘nglingiz aynisa yoki qorningiz og‘risa, salbiy ta’sirini yo‘qotish uchun ko‘proq oqsil yoki uglevod yeb oling», — deya tavsiya etishadi mutaxassislar.

Shuni unutmangki, choy — peshob haydovchi ichimlik, u organizmdagi suyuqlikni chiqarib yuboradi. Shu bois bir piyola choydan so‘ng yo‘qolgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun bir stakan oddiy suv ichish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ko‘p choy ichishning sog‘liqqa qanday zarari bor?