16:30 / 16.09.2020
1 268

Nima uchun arab xurmosini shirinlik o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadi?

Nima uchun arab xurmosini shirinlik o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadi?
Foto: Harper’s Bazaar
Shakar organizm uchun zararli bo‘lgani sabab dunyo parhezshunoslari undan voz kechish yoki hech bo‘lmaganda kam miqdorda iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Mazali va foydali moddalarga boy bo‘lgan arab xurmosini shakar o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Quritilgan xurmoning foydasi nimada?
Quritilgan xurmo o‘simlik oqsili, kletchatka, B guruhi vitaminlari hamda suyak va qon tomirlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan K vitaminining koni hisoblanadi. Bundan tashqari, organizm faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan kalsiy, kaliy, magniy, rux va temir mikroelementlarini ham o‘z ichiga oladi.

Tarkibidagi karatinoid va polifenollarning miqdori ko‘pligi sabab esa organizmni zararlanishdan saqlaydi. Undagi tabiiy antioksidantlar organizmda oksidlanish, yallig‘lanish va erta qarish jarayonining oldini olibgina qolmay, organizmni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Kletchatkalar miqdorining ko‘pligi sabab xurmoni muntazam ravishda iste’mol qilish hazm jarayonini, ichaklar perestaltikasini yaxshilaydi va oshqozon-ichak kasalligining oldini oladi. Qolaversa, mazkur meva yurak faoliyati uchun ham foydali. Unda K vitamini mo‘l ekani sabab qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi, tarkibidagi moddalar organizmda «yaxshi» xolesterin ishlab chiqarilishini yaxshilab, «yomon» xolesterinni kamaytiradi.

Qanday zarari bor?
Quritilgan xurmo zaharli va organizm uchun zararli bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga olmaydi, lekin uning iste’molida ham e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar yo‘q emas. Birinchidan, boshqa mahsulotlar singari u ham allergiya keltirib chiqarish mumkinligini inobatga olish kerak. Ikkinchidan esa yetarlicha kaloriyaga ega meva bo‘lgani uchun iste’mol qilganda kaloriyaning kunlik me’yoriga amal qilish lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)