20:35 / 06.10.2020
5 377

Agar sizda koronavirusning yengil formasi aniqlangan bo‘lsa, nima qilish kerak? 9 ta foydali maslahat

Agar sizda koronavirusning yengil formasi aniqlangan bo‘lsa, nima qilish kerak? 9 ta foydali maslahat
Foto: Freepik
Covid-19 yengil formasiga chalingan bemorlar uchun «Toshkent shifokorlari» Telegram kanalida tavsiyalar berildi. Taqdim qilingan 9 maslahatga kattalar va bolalar birdek rioya qilishi mumkin.

1. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish
Suv va boshqa suyuqlik: choy, mors, kompot, na’matak, bulyon va boshqalarni iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak.

2. D vitamini qabul qilish
Kuniga (tushlik vaqtida) 2000-4000 MЕ D vitamini qabul qilish kerak.

3. C vitamin qabul qilish
C vitamin (askorbin kislotasi) ni kuniga 500 mg qabul qilish kerak.

4. Rux moddasi qabul qilish
Rux moddasini kuniga 20-25 mg, rux-selen va magniyni vitaminlar majmuasida qabul qilsa bo‘ladi.

5. Tomoqda og‘riq kuzatilganda
Tomoqda og‘riq paydo bo‘lganda fiziologik eritma va antiseptiklar bilan tomoqni chayqash mumkin.

6. Burun bitib qolganda
Tuzli eritma yoki dengiz suvidan foydalanish mumkin. Kuchliroq bitganda ksilemetozonli spreylar masalan, Snup, Otrivin, Rinoskol kabilardan 5 kun davomida kuniga 3-4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda foydalanish mumkin.

7. Yo‘tal kuzatilganda
Yo‘tal quruq bo‘ladigan bo‘lsa, 4 kun davomida 15 ml Sinekod yoki 3 kun davomida 1 ta tabletkadan Kodelak qabul qilish kerak. Nam yo‘talda balg‘am ko‘chirish xususiyatiga ega Bromgeksin va Lazolvan tavsiya qilinadi.

8. Tinchlanish muhim
Agar bemor vahimaga tushadigan bo‘lsa, tinchlantiruvchi dori vositasini qabil qilish kerak.

9. Mumkin emas!
Antibiotik, gormon, antikoagulyant va osma ukollarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik kerak.

Kasallikning davom etishi:
Kasallik 2-14 kun o‘rtacha 1 hafta davom etadi. Tuzalgandan keyin ham vitaminlarni qabul qilishni davom ettirish mumkin. Nafas mashqlarini bajarishga amal qilish, nafas olishga qiynalganda qorin bilan yotish kerak.

Tana harorati ko‘tarilganda
Nafas yo‘llarining virus va infeksion kasalliklarida harorat 37,2-37,5 daraja bo‘lishi, ba’zida yo‘tal va holsizlik uzoq vaqt, ayrim bemorlarda 1-2 oy davom etishi mumkin.

Ta’m va hid bilishning yo‘qolishi
Kasallik sabab ta’m va hid bilishning yo‘qolishi 1-2 haftadan keyin ayrimlarda uzoqroq vaqtdan keyin tiklanishi mumkin. Bu immunitetning kasallikka qarshi kurashishi hisoblangani sabab, mazkur simptomlar paydo bo‘lganda xavotir va qo‘rquvga tushmaslik kerak.

Oddiy hayot tarziga qaytish
Simptomlar sezilmay qolganidan keyingina, test natijasi ijobiy chiqqanidan 10 kun o‘tib atrofdagilar bilan muloqot qilish mumkin. Simptomlar kuzatilganda esa kamida yana 10 kun va tuzalgandan keyin 3 kun o‘tib muloqot qilish mumkin.

Kasallik kechishi
Kasallik 80-85 foiz bemorda yengil kechishi mumkin. Lekin ahvol jiddiylashsa va o‘zgarishlar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Asosiy simptomlar
- Tana haroratining yuqori bo‘lishi
- Nafas olishning qiyinlashishi
- Aksirish, yo‘talish, burun bitishi
- Ko‘krak sohasi va mushaklarda og‘riq bo‘lishi
- Bosh og‘rig‘i va holsizlik
- Ko‘ngil aynishi, qayd qilish va diareya (ich ketishi) ham kuzatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Agar sizda koronavirusning yengil formasi aniqlangan bo‘lsa, nima qilish kerak? 9 ta foydali maslahat