Manchester Siti yangi muammoga duch keldi: raqib futbolchilar kompensatsiya talab qilmoqda

Manchester Siti yangi muammoga duch keldi: raqib futbolchilar kompensatsiya talab qilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Manchester Siti 2009-yildan 2018-yilgacha bo'lgan davrda 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikning 114 tasini sodir etgani aniqlangan.
  • Klubning sobiq raqiblari endi yo'qotilgan chempionliklar va Yevropa musobaqalariga yo'llanmalar uchun bonuslar sifatida kompensatsiya talab qilmoqda.
  • Bu da'volar klubning moliyaviy fair-play qoidalarini buzish va daromadlarni sun'iy ravishda oshirib, xarajatlarni kamaytirgani aniqlanishi ortidan kelib chiqqan.

Angliya Premyer-ligasi doirasida moliyaviy qoidalarni buzgani uchun aybdor deb topilgan Manchester Siti klubi endi nafaqat sport sanksiyalari, balki sobiq raqib futbolchilarining moliyaviy daʼvolariga ham duch kelishi mumkin. Sky Sports News xabar berishicha, shaharu-liklarga qarshi yillar davomida maydonga tushgan oʻyinchilar va ularning vakillari turli yuristlar bilan bogʻlanib, boy berilgan chempunliklar hamda Yevropa musobaqalariga yoʻllanmalar uchun qoʻshimcha bonuslarni undirish choralarini koʻra boshladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mustaqil komissiya qaroriga koʻra, Manchester Siti 2009/10 va 2017/18 yillar oraligʻida jami 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikning 114 tasida aybdor deb topilgan. Klub tekshiruv jarayonida liganing hamkorlik qilish va vijdonan harakat qilish majburiyatlarini ham bir necha bor buzgan. Ushbu davrda jamoa moliyaviy fair-play qoidalariga rioya qilgandek koʻrinish uchun sunʼiy ravishda daromadlarini oshirib, xarajatlarini 900 million funt sterlingdan ortiqqa kamaytirgani aniqlangan.

Soxta shartnomalar va yashirin moliyalashtirish tizimi

Tekshiruvlar natijasida maʼlum boʻlishicha, Manchester Siti rahbariyati homiylar bilan asl kelishuvlarni yashirib, ularning faqat bir qismini toʻlashiga imkon beruvchi «soxta» shartnomalar tuzgan. Qolgan mablagʻlar esa klub egalari boʻlgan ADUG kompaniyasi tomonidan moliyashtirib borilgan. Shuningdek, klub oʻzining haqiqiy operatsion xarajatlarini kam koʻrsatish maqsadida ham xuddi shunday sxemalardan foydalangani fosh etildi.

Goal.com maʼlumotiga koʻra, bunday maʼmuriy doping holatlari oʻsha davrda chempionlik yoki Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashgan boshqa jamoalar futbolchilarining moddiy zarar koʻrishiga sabab boʻlgan. Raqib oʻyinchilar aynan shu yoʻqotilgan moliyaviy bonuslar va sport maqsadlari uchun kompensatsiya talab qilishga haqli ekanligiga tayanmoqda.

Moliyaviy organlarni aldash va kelgusidagi oqibatlar

Komissiya xulosasida qayd etilishicha, Manchester Siti audirlar va futbol boshqaruv organlaridan haqiqiy moliyaviy holatni ataylab yashirgan hamda soxtalashtirilgan hisobotlarni taqdim etgan. Klubning maqsadi Angliya Premyer-ligasi hamda UEFA qatʼiy xarajat cheklovlarini chetlab oʻtish boʻlgani aniq isbotlangan.

Hozirgi vaqtda Manchester Siti nafaqat sport maydonidagi natijalari, balki yillar davomida toʻplanib kelgan huquqiy va moliyaviy daʼvolar girdobida qolmoqda. Agar raqib futbolchilarning yuristlari sud orqali oʻz haq-huquqlarini talab qilishda muvaffaqiyat qozonsa, bu butun futbol olamida misli koʻrilmagan преcedent yaratishi va klub uchun yanada ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar