Ayrim ishchilar pensiyaga ertaroq chiqishi mumkin

Ayrim ishchilar pensiyaga ertaroq chiqishi mumkin

Ayrim holatlarda ishdan bo‘shatilgan fuqarolar odatdagidan ertaroq pensiyaga chiqishi mumkin. Buning uchun bir nechta shartga javob berish kerak.

Erkaklar: 58–60 yoshda bo‘lishi va kamida 25 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak.

Ayollar: 53–55 yoshda bo‘lishi va kamida 20 yil mehnat staji bo‘lishi talab etiladi.

Bundan tashqari, fuqaroning mehnat shartnomasi qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha bekor qilingan bo‘lishi lozim. Ishdan bo‘shatilgandan keyin fuqaroga uch oy davomida mos ish topishga yordam beriladi.

Agar shu vaqt ichida maqbul ish topilmasa, fuqaro ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun hujjatlar Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

Murojaatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin. Bu xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar