08:00 / 20.05.2021
2 859

To‘yib uxlamaslik tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq 6 muammo


Foto: Freepik
Siz-u bizni bezovta qiladigan salomatlik bilan bog‘liq muammolar kechasi telefonga tikilib kech uxlash va tiniqib turmaslik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Vazn ortishi
Tadqiqotlarda uyquning me’yorda bo‘lmasligi va ortiqcha vazn o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Tiniqib uxlamaslik qondagi glyukoza va gormonlar miqdoriga ta’sir qiladi. Oqibatda metabolizm yomonlashib, ishtaha ochiladi. Bundan tashqari, charchoq his qilinganda odamning sport bilan shug‘ullangisi va jismoniy faol bo‘lgisi kelmaydi.

Kayfiyat yomonlashishi
Uyquning me’yorda bo‘lmasligi asabiylashish, jizzaki bo‘lish va negativ emotsiyalarga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham vaqtida yotib, tiniqib uxlash kerak.

Xotiraning susayishi
Haddan ortiq charchagan odam boshqalarning ismi yoki biron so‘zni eslashi uchun odatdagidan ko‘proq vaqt sarflaydi. Diqqat qilish va samarali ishlash ham imkonsiz bo‘ladi. Kofein bu muammoga yechim bo‘lgandek tuyilgani bilan, oqibatda uyqu yomonlashishiga ham olib keladi.

Terida muammolar
Tunda terining salomatligi va tarangligi uchun muhim bo‘lgan kollagen ajraladi. Uyqu me’yorda bo‘lmaganda esa teri tiklanishga ulgurmaydi. Bunda stress gormoni kortizol faol bo‘ladi va shuning hisobiga yuzga husnbuzar toshib, teri bilan bog‘liq boshqa muammolar kuzatiladi.

Ruhiy salomatlikda muammo
Uyqu yetarli bo‘lmasligi psixologik o‘zgarishlarga ham olib keladi. Albatta, ruhiy holatda muammolar kuzatilishiga boshqa omillar ham ta’sir qilishi mumkin, lekin uyqu bilan bog‘liqligi payqab qolinsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Ishtahaning karnay bo‘lishi
Charchagan va holdan toygan organizm kuchga to‘lish uchun «yoqilg‘i» talab qila boshlaydi. Buning hisobiga tez singadigan uglevodlar — shakar, kaloriyaga boy taom va shirin ichimliklarga bo‘lgan talab oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘yib uxlamaslik tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq 6 muammo