17:00 / 23.05.2021
6 355

Boshlovchi Feruzabonu hayotini «avval» va «keyin»ga ajratgan musibat hamda Zo‘r TV’dan ketishi sababi haqida gapirdi


Taniqli radio va teleboshlovchi Feruzabonu «Telegram yulduzlari» YouTube kanaliga bergan intervyusida 2020 yil u uchun sinovli kelgani hamda Zo‘r TV telekanalidan ishdan ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

«Zo‘r TV telekanali bilan oramizda hech narsa bo‘lgani yo‘q, shunchaki ketish vaqti keldi. Men o‘zimga shunaqa deb qabul qildim. Kimdir ishora beradi-ku, hech narsa aytilmay aytiladigan so‘zlar bo‘ladi-ku, ana shunday vaziyat bo‘ldi, nazarimda, yanayam bilmadim, men shunday tushundim. Adashayotgan bo‘lishim mumkin. Sevimli, suyumli bo‘lmagan joyimda xira pashsha bo‘lib qolishni istamayman. O‘shaning uchun tinchlik, xotirjamlik, rozi-rizochilik bilan ketishga qaror qildim.

O‘tgan yili 13 aprelda ko‘rsatuvimning oxirgi soni efirga uzatildi. Reyting yomonmas edi. Undan keyin karantin bo‘ldi. Yilning oxirida hamkasb ukalarim ‘Opa, qaytmaysizmi, qilmaysizmi’, deyishdi. Men ‘yo‘q’, dedim. Onam bir umr meni o‘qituvchi qilish istagida edilar. Men esa xohlamasdim, 2020 yilda pedagoglik faoliyatimni boshladim
», — deydi Feruzabonu.

«2020 yil ko‘pchilik uchun sinovli bo‘ldi, shu jumladan, men uchun ham. Onamlarni berib qo‘ydim. Bu men uchun hayotimni qoq ikkiga bo‘lgan holat bo‘ldi. Hayotim o‘sha kungacha va undan keyingi holatga bo‘lindi. Shu holat meni shu qadar o‘qitib qo‘ydiki, ko‘rsatuvning reytinggi-yu, senga s’yomka kuni berilishi yoki berilmasligi, dasturingning efirga chiqish-chiqmasligi naqadar mayda narsalar ekanligini angladim. Men onamni yo‘qotib turgan onimda bu narsalar hayolimning bir burchiga ham kelgani yo‘q. O‘zimga kelishim juda qiyin bo‘ldi», — deydi boshlovchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boshlovchi Feruzabonu hayotini «avval» va «keyin»ga ajratgan musibat hamda Zo‘r TV’dan ketishi sababi haqida gapirdi