23:00 / 22.06.2021
4 042

Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi


Foto: Getty Images
Yer yuzidagi 60 foiz odamni tunda oyoqlardagi og‘riq bezovta qiladi. Bunga esa turli omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Mushaklarning chiniqmagani
Oyoq mushaklari mustahkam bo‘lishi uchun doimiy ravishda jismoniy mashqlarni bajarish kerak.

Noto‘g‘ri uxlash
Qorin bilan uxlaganda qon aylanishi yomonlashib, uxlashda noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shu sabab ham yonboshlab uxlagan yaxshi.

Mavsum
Oyoqlardagi og‘riqlarga aksariyat hollarda havo harorati ham ta’sir qilishi mumkin.

Suvsizlanish
Tundagi mushaklar spazmi ham aksariyat hollarda yozda kuzatiladi.

Haddan ortiq faol mashg‘ulotlar qilish
Og‘ir mashqlar bajarilganda oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Mushaklar zo‘riqadi va charchaydi.

Mikroelementlar yetishmasligi
Kalsiy, magniy, kaliy tanqisligi mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Dori vositalarini qabul qilish
Ayrim diuretiklar va anemiyaga qarshi qo‘llanadigan boshqa dori vositalari mushaklar spazmiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik
Homiladorlik qon-tomirlari va asab tizimiga ta’sir qilgani sabab ham oyoq-qo‘llarda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.

Kasallik
Qandli diabet, depressiya va umurtqa pog‘onasi kasalliklari oyoqlardagi og‘riq va boshqa simptomlarga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi