Madaniyat xodimi O‘tkir Tohirov 85 yoshida vafot etdi

1 daqiqa o'qish130
Madaniyat xodimi O‘tkir Tohirov 85 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi O‘tkir Dadaqo‘ziyevich Tohirov 85 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

O‘tkir Tohirov 1941 yil 1 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U qariyb 60 yil davom etgan mehnat faoliyati davomida mamlakat madaniyati va san’ati rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Faoliyati davomida u madaniyat uylari va istirohat bog‘larida badiiy rahbar, O‘zbekiston teleradiokompaniyasida badiiy jamoalar instruktori, tuman madaniyat bo‘limi mudiri hamda teatr direktori kabi lavozimlarda ishlagan.

O‘tkir Tohirovning professional faoliyatida Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazidagi faoliyati alohida o‘rin egallaydi. U 1979–2014 yillarda ushbu markaz direktorining o‘rinbosari sifatida ishlab, xalq ijodiyotini rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni takomillashtirish va soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan.

Uning madaniyat sohasidagi ko‘p yillik faoliyati davlat tomonidan munosib baholanib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Madaniyat vazirligi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblariga hamdardlik bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?