00:30 / 17.07.2021
4 223

Ekspertlar ortiqcha ishlash inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi


Foto: Pixabay
Ish va shaxsiy hayot, jumladan, dam olish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. Avstraliyalik olimlarning aniqlashicha, ishdan tashqari vaqtida ish bilan shug‘ullanish insultga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Mehnat smenasi tugaganidan so‘ng, bir nechta xatlarga oddiy javob yozish ham insonning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ishdan tashqari vaqtda professional majburiyatlarni bajarish quyidagi kasalliklarni yuzaga keltiradi:
  • ish stressi;
  • ish va hayot o‘rtasida muvozanatning buzilishi;
  • uyqu va sog‘liqning buzilishi.
«Muntazam ravishda yuqori hushyor holatda bo‘lish, uyda ishdan xabar kutish — bu moddalar almashinuvi va immunitetga ta’sir ko‘rsatadi», — deydi ekspertlar.

Bundan tashqari, bu kabi holatlarda turli infeksiyalarning rivojlanishi, qon bosimining ortishi xavfi oshadi va depressiya yuzaga keladi.
JSST va Xalqaro mehnat tashkiloti uzoq vaqt ishlash yurak kasalliklari va insult xavfini oshirishga xizmat qilishini isbotlagan.

«40 ta universitetning ishdan tashqari vaqtda internet orqali hamkasblari bilan aloqada bo‘lgan 2200 nafar xodimida yuqori stress darajasi aniqlangan. Xususan, respondentlarning foizini rahbarlari bo‘lib, ular ish bilan bog‘liq matnlar, qo‘ng‘iroqlar va elektron pochtalarga ishdan keyin javob berishlarini kutishgan. 55 foizi esa kechalari hamkasblariga xabar jo‘natgan. 30 foizi dam olish kunlari hamkasblariga yozib, shu kunning o‘zida javob kutgan», — deya qo‘shimcha qiladi olimlar.

Shu orqali odamlarda ruhiy buzilish va hissiy charchoq yuzaga kelgan. Bundan tashqari, ular bosh va yelkasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ekspertlar ortiqcha ishlash inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi