Qidiruvda bo‘lgan otadan aliment qarzi to‘liq undirildi

Qidiruvda bo‘lgan otadan aliment qarzi to‘liq undirildi

Sud qaroriga asosan javobgar fuqaro M.A.dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Biroq qarzdor ota aliment to‘lovlarini amalga oshirmasdan, davlat ijrochisidan yashirinib yurgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor ota aniqlanib, uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga 37,3 mln so‘m aliment qarzi to‘liq undirib berildi.

Shuningdek, qarzdorga aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari tushuntirildi.

Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar