13:57 / 01.08.2021
5 042

Aktrisa Dilorom Mirzayeva Turkiyaga erga tegib, 2,5 oyda ajrashgani va biznesi haqida gapirib berdi

Aktrisa Dilorom Mirzayeva Turkiyaga erga tegib, 2,5 oyda ajrashgani va biznesi haqida gapirib berdi

Aktrisa Dilorom Mirzayeva «Bir zum TV» YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida aktrisa kinolarda kamnamoligi sababi, shaxsiy hayotdagi omadsizliklari hamda biznesi haqida so‘zlab berdi.

«Yaxshi niyatda Turkiyaga turmushga chiqqan edim. Boshida hamma narsa yaxshi edi. Ichmaydigan, chekmaydigan, besh vaqt namozini o‘qiydigan odam edi. Sal vaqt o‘tgach, asl yuzini ko‘rsata boshladi. Qo‘pol gapirganiga bir chidadim, ikki chidadim, urmoqchi bo‘lganida chiday olmadim. ‘Ota-onam sizga qo‘pol munosabat qilishingiz uchun dunyoga keltirmagan’, dedim va ketdim. Turkiyada yashaydigan opamning uyiga borib, chiptamning sanasini o‘zgartirdim hamda O‘zbekistonga qaytdim», — deydi aktrisa.

Dilorom Mirzayevaning aytishicha, uning shaxsiy hayotidagi omadsizliklar bu bilan yakunlanmadi. Aktrisa bir erkak bilan tanishib, to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotganida uning oilali ekanini bilib qoladi.

«Boshida hammasi yaxshi, namozxon, ichmaydi, chekmaydi, qizlar bilan yurmaydi. Keyin hammasi boshlanadi. Bir inson bilan to‘yimiz bo‘lishi kerak edi. Pandemiya sabab bo‘lib, uning oilali, to‘rt farzandli ekanini bilib qoldim. U meni deb, oilasi bilan ajrashmoqchi bo‘ldi, lekin bunga rozi bo‘lmadim. Shundan keyin odamlarga, umuman ishonmay qo‘ydim», — deydi aktrisa.

Shuningdek, Dilorom serial va kinolarda kam suratga tushayotgani sababi hamda tirikchiligi haqida ham gapirdi.
«Shou-biznes men uchun xobbi. Xohlasam seriallarda rol ijro etaman, xohlamasam yo‘q. Tirikchiligim esa biznesdan», — deydi u.

Aktrisaning aytishicha, yagona farzandi — qizi hozirda 16 yoshga kirdi. U yuridik institutga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«Qizim 16 yoshda, u hozir yuridik institutga kirish uchun tayyorgarlik ko‘ryapti. U juda ham og‘ir, bosiq. Ko‘chada yurmaydi, uyda o‘tiradi. Darsga boradi, uyga keladi. Biron joyga borsa ham men bilan boradi», — deydi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Dilorom Mirzayeva «Alamli orzular», «Dard», «Sabr», «Hay-hay qizaloq» kabi filmlarda suratga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Aktrisa Dilorom Mirzayeva Turkiyaga erga tegib, 2,5 oyda ajrashgani va biznesi haqida gapirib berdi
[/banner_pushhouse