Foto: Getty Images
Terining tiniq, silliq va tarang bo‘lishi uchun aksariyat xotin-qizlar qimmat kosmetikalar, parvarishlovchi va tarkibida oziqlantiruvchi moddalar bo‘lgan vositalarni xarid qiladi. Aslida esa yuz va teri bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun birinchi bo‘lib kundalik odatlarni ko‘rib chiqish, zararlilaridan voz kechish kerak.
Qorin bilan uxlash
Qorin bilan uxlamaslik kerakligi uchun bir nechta sabab bor. Birinchidan, yuz terisining yostiqqa ishqalanishi erta ajin tushishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, 6-7 soat davomida bunday vaziyatda yotilsa, tongda shishlar bilan uyg‘oniladi, ulardan qutilish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bundan tashqari, qorin yoki yonboshlab uxlash umurtqani zo‘riqtirib, bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham mutaxassislar umurtqa bilan yotishga o‘rganishni maslahat beradi. Avvaliga bu noqulay tuyilgani bilan keyinroq natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Isitkich qurilmalarini maksimal darajada yoqib qo‘yish
Kunlar sovuqlashganida yoqiladigan isitkichlar terining birinchi raqamli dushmani hisoblanadi. Isitkich va batareyalar yoqilganda havo quriydi, quruq havo esa terining suvsizlanishi olib keladi. Qurigan teri bir zumda tarangligini yo‘qotadi, oqibatda unda ajinlar paydo bo‘ladi. Shu sabab ham bunday vaziyatda havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi — bu terining sog‘lom va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.
Yog‘dan tiyilish
1 gramm yog‘da kaloriya 1 gramm uglevod va oqsildagidan ko‘proq kaloriya mujassam deb hisoblangani uchun ko‘pchilik undan voz kechishni afzal biladi. Aslida esa foydali yog‘lar organizmdagi bir qator jarayonlar: yurak-qon tomir tizimi salomatligidan tortib, terining yoshligi uchun muhim sanaladi. Foydali yog‘lar hujayralarni ichkaridan oziqlantirib, ularning tarang va tonusda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa ajin tushishini oldini oladi.
SPF kremlardan foydalanmaslik
Nafaqat yoz, balki qishda ham SPF kremlarsiz ko‘chaga chiqish kerak emasligi bir emas, bir necha marta ta’kidlangan. Ultrabinafsha nurlari teriga jiddiy zarar yetkazadi, kollagen ishlab chiqarilishiga ta’sir o‘tkazib giperpigmentatsiyani keltirib chiqaradi, shuningdek, qarish alomatlarining paydo bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi. Shuni esdan chiqarmagan holda SPF kremlardan har kuni foydalanishni kanda qilmang.
Ichimliklarni naycha (trubochka) orqali ichish
Teri salomatligi va yoshligini saqlash uchun plastik naychalardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Gap shundaki, naychadan suyuqlik ichilganda yuzdagi aksariyat mushaklar zo‘riqadi. Oqibatda yuz terisi o‘z tonusini yo‘qotadi, unda ajin va muammolar paydo bo‘la boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi