2 267
Xonanda MakSim ilk marta koma, davolanish va adovatli insonlar haqida so‘zlab berdi
Foto: «Spletnik»
Qo‘shiqchi MakSim birinchi marta o‘zining kasalligi, davolanish tafsilotlari, koma vaqti va adovatli insonlarga munosabati haqida gapirdi.
Hammasi nimadan boshlandi?
«Ko‘p narsani ayta olmayman, chunki haroratim 40 daraja edi va yordamchilarim Instagram’da yozdi. Testning javobi esa salbiy. Men shunchaki shamollaganman, deb o‘yladim, kasal bo‘lsam ham sahnaga chiqdim. Qozonda qanday qilib konsert berganimni ham eslolmayman. Bu voqea xotiramda yo‘q», — deydi MakSim.
Bir necha kun o‘z-o‘zini davolashdan so‘ng xonandaga tez yordam chaqirildi: «Aytishlaricha, ular darhol yetib kelmagan. Chunki virus haqiqatan ham avj olgan edi. Meni zudlik bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yuborishdi, ammo shu vaqt ichida test salbiy natijani ko‘rsatgan edi», — deydi xonanda.
Sun’iy nafas berish qurilmasi va EKMOda davolanish
«Menga sun’iy nafas qurilmasini ulash haqida ogohlantirishdi. O‘sha paytda uni nima ekanligini ham tushunmadim. Yordamchimga SMS yozib, hammasi joyida bo‘lishini aytdim. Shundan so‘ng sun’iy komaga tushirishdi, qurilmaga ulash uchun. Keyin ma’lum bo‘lishicha, organizm uni qabul qilmagan. Qon quyqalari tufayli o‘pkaga kirishi kerak bo‘lgan kislorod yetib bormagan. Keyin EKMO qurilmasini ulashga qaror qilishdi. Shifokorlar menda atigi bir necha daqiqalik hayotim qolganini ma’lum qilgach, onam bunga rozi bo‘lgan».
«Bu qo‘shiqchi MakSim emas, shunchaki jism, nafas olishi qiyinlashgan og‘ir bemor edi. Qattiq kurash boshlandi. Oxir-oqibat u ko‘plab asoratlarni boshdan kechirdi», — deydi Marinaning shifokori. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, unda qon ketishi ham, septik shok ham bo‘lgan. «Har kuni ular davolanish strategiyasini, antibiotiklarni o‘zgartirdi, ammo hech narsa ish bermasdi», — deya qo‘shimcha qildi yulduz.
Komadagi taassurotlar
«Komada men boshqacha voqelikda edim. U hayot bu hayotdan ko‘ra haqiqat ekanligini his qildim. Bu tushga o‘xshamasdi. O‘zimni uchib ketgandek his qildim. Ruhimning tovushini eshitdim. «Otajon, men o‘laman», der edi. Lekin hech qayerga bormagan edim. Kasalxonaga borganimda, tezda sog‘ayaman, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylagandim. O‘limdan qo‘rqish yo‘q edi», — deydi qo‘shiqchi.
Yulduz komada bo‘lganida yuragi ikki marta to‘xtab qolganini aytdi: «Otam biz uchun yo‘l hali ham yopiq ekanligini aytdi va men qandaydir kabinaga tusha boshladim, u yerda qish edi. Odamlar meni yuva boshladi, lekin men umuman sovqotmasdim. Uyg‘onganimda ham bu haqda esladim. Shifokorlar menga yuragim ikki marta to‘xtaganini aytdi».
Adovat haqida
«Shuni aytishim mumkinki, birorta efirni ham ko‘rmaganman yoki izohni o‘qimaganman. Yaxshiyamki, dushmanlari kam xonandaman. Endi esa ularning paydo bo‘lgani yaxshi. Agar shov-shuv haqida gapiradigan bo‘lsak, 20 yilda bitta konsert berib, unutilib ketgan qo‘shiqchilar mening og‘ir holatimga piar deb baho beribdi», — deydi MakSim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi